4. Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam berish
Elektr tokidan shikastlanganga birinchi yordam - elektr tokidan ajratish
(toksizlantirish), sunniy nafas berishni amalga oshirish (og'izdan - og'izga), hayot
faoliyatining asosiy omillarini ushlab turish - sunniy nafas berish orqali nafas
olishini tiklash yoki tashqi uqalashni amalga oshirish. Buning uchun jarohatlanganni
elkasiga yotqizish, og'zini ochish, o'zining bitta qo'lini bo'yin ositiga qo'yish,
boshqasi bilan esa peshonasini bosish kerak. Zarur hollarda tishlarini ochish va tili
orqaga ketmaganligiga ishonch xosil qilish, boshini yonga burish, og'zini
so'laklardan va begona jismlardan (qo'yilma jag'dan) tozalash zarur. Ust-kiyimdan
o'ralgan o'ramani boshi orqa tomonga tushgan va tag jag'i ko'krak qafasi bilan bir
me'yorda turgan holda elkalar ostiga qo'yish (bo'yni yoki umurtqasi ostiga emas)
zarur. Ko'krakga nafasni to'ldirish va salfetka orqali jabrlanganni bumini qo'l yoki
bet bilan yopgan holda unning og'ziga nafas berish zarur.
Nafas chiqarish ko'krak qafasining og'irligi hisobiga o'z-o'zidan sodir bo'ladi.
Nafas berish va chiqarishni 5-6 sekund, ya'ni bir daqiqada 10-12 marotaba nafas
berish-nafas chiqarish amalga oshiriladi. To'g'ridan-to'g'ri bo’lmagan yurak
uqalanishi puls bo'lmagan paytda amalga oshirilsin. Nafas berish - nafas olish
tsikllarini amalga oshirishda tezkorlik bilan qo'llami panjalarini qo'qrak qafasining
uchdan bir qismiga qo'yib (ko'krak qafasidagi tugundan 2 sm. yuqoriroq), ko'krak
qafasini bosish va nafas chiqarish oralig'ida 3-4 marta davomiylik bilan qo'yib
yuborish. To'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan uqalashni jabrlanuvchida puls paydo
bo'lganga qadar yoki tez tibbiy yordam shifokori kelguniga qadar amalga oshirish
kerak. Elektr tokidan jabrlanishni oldini olish uchun asosiy himoya vositalari? Elektr
qurilmalarda ishlatiladigan himoya vositalariga quyidagilar kiradi: Izolyatsiyalovchi
tezkor shtangalar, izolattsiyalovchi qisqichlar, kuchlanish ko'rsatikchlari,
izolyatsiyalovchi o'lchov shtangalari, tok o'lchovchi qisqichlar, izolyatsiyalovchi
narvonlar, maydonchalar, changaklar va izolyatsiyalangan dastali asboblar, rezinali
dielektrik qo'lqoplar, botlar, kalishlar, gilamchalar, ko'chiriluvchi erlagichlar,
vaqtinchalik to'siqlar, ogohlantiruvchi plakatlar.
Nolga ulash nima degani? Qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolishi
mumkin bo'lgan elektr kurilmalarining tok utkazmaydigan kismlarini oldindan nol
sim bilan ulab kuyish nolga ulab muxofaza kilish deyiladi. Nolga ulab qo'yish
maqsadi - qobiqga tutashuv oqibatida kuchlanish ostida qolgan elektr qurilmalaming
qobig'iga va boshqa tok o'tkazmaydigan metal qismlariga teginib ketishda tok urish
xavfini bartaraf etish. Himoya erlagichiga nisbatan ushbu masala quyidagi usul bilan
echiladi: shikastlangan elektr qurilmasi tezlik bilan tarmoqdan uziladi. Ammo qobiq
nollangan himoya simi orqali erlanganligi sababli avariyaviy holatda, ya'ni qobiqga
tutashuv paydo bo'lish davridan qurilmaning tarmoqdan uzilishiga qadar ushbu
erlanishning himoya hususiyati himoya erlanish kabi paydo bo'ladi.
Nolga ulashning ishlash printsipi - himoyaning ishlab ketishini ta'minlashi va
shu bilan shikastlangan qurilmani avtomatik ravishda tarmoqdan uzish imkoni
bo'lgan katta tok kuchini paydo qilish maqsadida qobiqdagi tutashuvni bir fazali
qisqa tutashuvga aylantirishdir (ya'ni fazaU va nolli simni tutashtirish). Ushbu
himoyaga qisqa tutashuv toklaridan elektr energeyasi iste'molchilarini himoya qilish
uchun ulardan oldin qo'yiladigan eruvchan predoxranitellar yoki maksimal
avtomatlar, iste'molchini zo'riqishdan himoyalovchi masofada ishga tushirishga va
termik releli kontaktorlari mavjud elektrodvigatelni to'xtatishga mo'ljallangan
issiqlik himoyasi o'matilgan magnit starteri va oxiri bir paytning o'zida qisqa
tutashuv toklaridan va zo'riqishdan himoyalovchi kombinatsiyalangan uzgichli
avtomatlar.
Nolga ulash sohasi - neytral erga mustaxkam ulangan 1000 V uch fazali 4 ta
simli tarmoqlar. Odatda bunday tarmoqlar 380/220 V, 220/127 V, hamda 660/380
V tarmoqlaridir.
|