Elektrotexnikaning nazariy asoslaridan masalalar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125827
1   2   3   4   5   6
Elektrotexnikaning nazariy asoslaridan masalalar

Mas
’ul muharrir: texnika fanlari doktori, professor Amirov S.F. 
Taqrizchilar: Begmatov Sh.E. - Toshkent Davlat texnika universiteti 
“Elektrotexnika va kasb ta‟limi(energetika)” kafedrasi mudiri, texnika fanlari 
nomzodi, dotsent; Abidov Q.G
‘. - Toshkent Davlat texnika univarsiteti “Nazariy 
elektrotexnika va elektron texnologiyalar” kafedrasi mudiri, texnika fanlari 
nomzodi, dotsent; Holiqov A.A. - Toshkent temir yo
‘l muhandislari instituti 
“Elektr aloqa va radio” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. 
O
‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‟lim vazirligi
5310200, 
5310700, 5310800, 5311000, 5311100, 5430200 ta‟lim yo
‘nalishlari talabalari 
uchun o
‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etgan (Grif № 484 -049). 
ISBN 978-9943- 
Kitobxon.Com


Kirish so
‘zi 
Elektotexnika, elektroenergetika va elektr ta‟minoti bakalavriat yo
‘nalishida 
ta‟lim olayotgan talabalarga amaliyot va mustaqil mashg‟ulotlarga mo‟ljallangan 
o‟quv qo‟llanma “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” (ENA) fanining Oliy va 
o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan 2014- yili tasdiqlangan namunaviy dastur 
talablari mavzulariga, mazmun-mohiyatiga va belgilangan hajmiga mos ravishda 
tuzilgan. 
Ma‟lumki, har qanday fanlarning o‟zlashtirilganlik mezoni - bu ularga oid 
misol va masalalarni yecha olishdir. Masala yechish nazariy bilimlarni yanada 
chuqurroq tushunishga hamda mustahkamlashga imkon beradi, chuqur ta‟lim olish 
va fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. 
Shu nuqtayi nazardan qo‟llanmada ENA fanining barcha qismlariga oid to‟la 
yechilgan misol va masalalar, mustaqil bajarish uchun vazifalar keltirilgan. Har bir 
bob boshida qisqacha nazariy ma‟lumotlar va qoidalar bayon etilgan. 
Bakalavr-elektrikda bilim va ko‟nikma elektr zanjirlarni samarali yechish 
usullarini tanlab olish, hisoblash tenglamalarini tuzish va hosil bo‟lgan 
yechimlarning to‟g‟riligini o‟zlashtirish, o‟zgarmas tok zanjirlarini hisoblash 
jarayonida shakllanadi. Ana shu maqsadda o‟zgarmas tok zanjirlariga tegishli 
bobda masala yechishning asosiy usullariga alohida e‟tibor berilgan. 
O‟quv qo‟llanmaga
kiritilgan misol, masalalar va mustaqil vazifalar 
Toshkent temir yo‟l muhandislari instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya 
institutining tegishli yo‟nalishlarida ta‟lim olayotgan talabalar bilan ENA fani 
amaliy va mustaqil mashg‟ulotlarida foydalanildi va ijobiy baholandi.
Mualliflar o‟quv qo‟llanmaning dastlabki nusxasini o‟qib chiqib, uning 
sifatini yaxshilash bo‟yicha o‟z fikr-mulohazalarini bildirgan Toshkent temir yo‟l 
muhandislari instituti “Elektr aloqa va radio” kafedrasi professori, texnika fanlari 
doktori A.A. Holiqovga, Toshkent Davlat texnika universiteti “Elektrotexnika va 
kasb ta‟limi(energetika)” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Sh.E. 
Begmatovga va “Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar” kafedrasi 
mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Q.G‟. Abidovga samimiy 
minnatdorchilik bildiradilar. Bundan tashqari, ushbu kitobni kompyuterda 
sahifalashda amaliy yordam bergan katta ilmiy xodim- izlanuvchi Sh.A. Sharopov 
va magistrant N.R. Yuldashevlarga minnatdorchilik bildiramiz. 
O‟quv qo‟llanma tasdiqlangan fan dasturi asosida yozilganligi bois 
mavzularga tegishli misol va masalalar soni va yechimlari chegaralangan. ENA 
fanidan davlat tilida yozilgan dastlabki qo‟llanmalardan biri bo‟lganligi
sababli 
kamchiliklardan xoli emas. Soha mutaxassislari, talabalar, umuman o‟quvchilar 
fikr-mulohazalari asosida qo‟llanmani keyingi nashrlari mukammalroq bo‟ladi 
degan umiddamiz. 
Mualliflar 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin