Emadigan bola bir yoshgacha boʻlgan bola shartli ravishda tugʻilganidan keyin toʻrt haftagacha



Yüklə 36,42 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü36,42 Kb.
#196481
1   2   3   4
Goʻdak

Nerv sistemasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Goʻdakning nerv faoliyati birinchi va ikkinchi signal sistemasi rivojlanishiga bevosita bogʻliq. Goʻdak 2-oydan boshlab ixtiyoriy harakat qiladi; boshini koʻtara va tuta boshlaydi. Yoʻrgaklanganda qoʻli va oyoqlarini qimirlatadi, jilmayadi. Bu yoshda Goʻdak bir kecha-kunduzda taxminan 20 soatcha uxlashi kerak. 3—4 oylik Goʻdak chalqancha yotqizilsa, qaddini koʻtaradi, yon tomonga agʻdariladi. Qoʻl harakati faollashadi, oʻyinchoqqa intiladi, barmoqlarini ogʻziga tiqadi, yoʻrgakni tortadi. Unga tikilib karaganda guvranib bir qadar aniq tovush chiqaradi. 4 oylik bola suyab turilsa oʻtiradi, tanish-notanish kishilarni ajratadi, guvranib xonish qiladi, 5 oyligida onasini yaxshi taniydi, begonalarga bormaydi, qoʻltigʻidan ushlansa, oyoqda tekis turadi, 6 oyligidan hech narsaga suyanmay oʻtira oladi, emaklamoqchi yoki ushlab tursa, qadam tashlamoqchi boʻladi, sodda boʻgʻinlarni talaffuz qila boshlaydi. 8 oyligida bemalol emaklab ketadi, biror narsaga tirmashib oʻrnidan tura oladi, qoʻlidan ushlansa, qadam tashlaydi, "oyi", "ada" soʻzlarini aniq aytadi. 10 oyligida oʻrnidan bemalol turib "obke" yoki "ayt" deganingizni qiladi; "qilma", "qil" deganning farqiga yetadi, 10—15 tacha soʻzni biladi. Sutkada 14—16 soat uxlaydi. Bu davrda badan tarbiya va chiniqtirish muhim ahamiyatga ega, chunki chiniqqan bola turli kasalliklarga kamroq chalinadi. Nimjon bolalarda diatezraxitanemiyagipotrofiya va boshqa kasalliklar kuzatiladi. Shuning uchun iloji boricha Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish, havo va quyosh vannalaridan bahramand etish, massaj, gimnastika va boshqa uning har tomonlama yetuk va sogʻlom oʻsishiga yordam beradi.
Taomi[
Goʻdakning ovqati ham oʻziga xos va rangbarang boʻlishi kerak. Bola notoʻgʻri ovqatlantirilsa, u zarur oziq moddalarni yetarlicha olib turmasa, bu uning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishiga yomon taʼsir koʻrsatadi, natijada organizm turli xil kasalliklarga chidamsiz boʻlib qoladi. Haddan tashqari koʻp ovqat bermaslik kerak, aks holda bola xom semiz boʻlib, bot-bot kasallanadi. Ovqat tarkibida oqsil, yogʻ, uglevod, tuzlar va vitaminlar maʼlum miqdorda boʻlishi mumkin. Koʻkrakda sut kam degan bahona bilan bolani barvaqt koʻkrakdan ayirish yaramaydi, onaning hatto ozgina suti ham bolani chiniqtiradi. Mabodo sut kamligidan bola och qolib oza boshlasa, vrach bilan maslahatlashib qoʻshimcha ovqat beriladi.

Yüklə 36,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin