Emadigan bola bir yoshgacha boʻlgan bola shartli ravishda tugʻilganidan keyin toʻrt haftagacha



Yüklə 36,42 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü36,42 Kb.
#196481
1   2   3   4
Goʻdak

Gigiyenasi
Goʻdak sogʻligʻini saqlashda ich kiyimi, oziq-ovqati, idish-tovoqlari va oʻrin-boshlarini ozoda tutish juda muhim. Goʻdak beshikda yotadigan boʻlsa, uni vaqtida belab, vaqtida yechishga eʼtibor berish kerak. Goʻdak beshikdan yechilgach, uning badanlarini, xususan boshi va kuraklarini silab-siypalash, oyoq-qoʻllarini mashq qildirish, beshik hamda unga ishlatiladigan anjomlarini bot-bot shamollatib turish lozim. Goʻdakka quruq soʻrgʻich soʻrdirish yaramaydi, uni yaxshilab qaynatib ishlatish lozim. Goʻdak alohida uyda yotqizilsa tinch uxlaydi, xona toza, yorugʻ boʻlishi va vaqt-vaqti bilan shamollatib turilishi lozim. Xona temperaturasi 20° boʻlgani maʼqul. Bundan isib ketsa, bolani ochiq havoga olib chiqilganda tez shamollaydi. Goʻdak terisi nozik boʻlib, salga zararlanishi mumkin, shuning uchun muntazam parvarish qilish, har kuni ertalab va kechqurun yuzini iliq suv bilan, qoʻlini esa sovunlab yuvish (chunki u qoʻlini ogʻziga tiqadi, soʻradi), tirnogʻini vaqt-vaqti bilan olib turish zarur. Uni har kuni iliq suvda sovunlamasdan, har 2—3 kunda sovunlab choʻmiltiriladi, betob boʻlib qolsa, tuzalguncha choʻmiltirmay turiladi. Choʻmiltirilgandan keyin mayin sochiq bilan artiladi, chov burmalari, qoʻltiq va quloq orqasiga vazelin yoki qizdirilgan oʻsimlik yogʻi, "Bolalar" kremi surtiladi. Qaynatilgan toza suvga hoʻllangan paxta bilan Goʻdak koʻzini burchagidan burunga qarab har kuni artiladi. Xuddi shu zaylda uning burni ham tozalab turiladi. Burundan nafas olganda koʻkrak qafasi va oʻpka yaxshi rivojlanadi, bola tinch uxlaydi va kasallikka kam chalinadi. Goʻdaklar kiyim-kechagi yengil, issiq, keng , ter va boshqa chiqindilar bemalol bugʻlanib ketadigan boʻlishi kerak. Uni haddan ziyod oʻrabchirmash yaramaydi, aks holda u isib ketib tez-tez shamollaydigan boʻlib qoladi. Goʻdak hayotining birinchi kunidan boshlab ochiq havoga oʻrgatilishi kerak. Sof, salqin havoda organizmi chiniqadi, ishtahasi ochiladi, teri va oʻpkasi mustahkamlanadi, kasalliklarga chalinmaydigan boʻladi. Goʻdak organizmini astasekin chiniqtira borish kerak. Ketlikni shoshmasdan (Goʻdakni 1—2 min. yalangʻoch yotqizib qoʻyib) almashtirish lozim, shunda Goʻdak havo vannasiga oʻrgana boradi. Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish muddati obhavoga qarab oʻzgartirib turiladi. Bolani kun boʻyicha qoʻlda koʻtarib yurish yaramaydi, aks holda oʻrganib qolib, onasiga ham, boshqalarga ham tinim bermaydi, oʻzi ham qiynaladi. Ona va oiladagi boshqa kishilar Goʻdakka gapirib, tovushni ajratishga, oʻyinchoqlarni oʻynashga oʻrgatishlari lozim. Sogʻlom bola har qanday sharoitda ham oʻzi uxlab qoladi. U yotgan xonani qorongʻi qilish, tinchlik saqlash shart emas. Bola yigʻlasa, sababini aniqlashga harakat qilish lozim. Atrofdagilar qanchalik shirinsuxan boʻlishsa, bola ham shunchalik sergak va sogʻlom oʻsadi. Goʻdakni 4—5 oyligidan toʻsishga oʻrgatish, emizishdan oldin va keyin, uxlatish oldidan va uygʻonganidan keyin toʻsayotganda uni maqtab, erkalab turish kerak. Goʻdakning harakatlanish qobiliyatini oʻstira borish juda muhim, lekin bunda ehtiyotkor boʻlish lozim. Bolani barvaqt, yaʼni badani hali qotmaganda, hatto atrofiga yostiq qoʻyib oʻtqazilsa ham, bukchayib oʻtiradi, natijada umurtqa pogʻonasi, erta yurishga oʻrgatilganda esa oyogʻi qiyshayib qolishi mumkin. 2,5—3 oyligidan boshlab bolani qattiqroq narsa ustiga qorni bilan yotqizib turish kerak, bunda boʻyin, orqa, oyoq muskullari mustahkam boʻlib boradi. Bola surila boshlagach, uzoqroqqa oʻyinchoq qoʻyib, uni surilib borishga oʻrgatish zarur. 4—5-oydan boshlab har kuni 5 min.cha badan tarbiya qildirish kerak. Yoshiga mos holda tanlangan oʻyinchoqlarni oʻynatish bolaning teran oʻsishiga imkon beradi.
Ona tugʻruqxonadan chiqqach, goʻdakni bolalar poliklinikasi hisobga oladi, shifokorlar ona huzuriga borib, unga bolani toʻgʻri boqish va parvarishlashga oid tegishli maslahatlar berib turadilar.[1]
Jismoniy belgilari
Yangi tugʻilgan chaqaloqning yelkalari va soni keng boʻladi, qorni esa yon tomonlaridan ozgina chiqib turadi. Ogʻirligi 2500 grammdan 4000 grammgacha boʻlishi mumkin, oʻrtacha vazni odatda 3200-3700 gramm boʻladi. Yangi tugʻilgan chaqaloq birinchi hafta ichida 200-300 grammga ozadi, bu oʻpkada toʻplangan suyuqlik va glukozaning bir qancha qismining chiqib ketishi bilan bogʻliq yuz beradi. Bola ona koʻkragiga qanchalik tez qoʻyilsa va tez emishni oʻrgansa yoʻqotilgan energiya tez tiklanadi va ozishni oldi olinadi. Birinchi oy chaqaloq 600 grammgacha semiradi, baʼzi hollarda esa 1 kilogrammgacha ogʻirlashishi mumkin.
Yangi tugʻilgan chaqaloqning uzunligi 48-58sm orasida boʻlib, odatda 52-53smda tugʻiladi. Boshining oʻlchovi esa 34-35sm atrofida boʻladi. Qiz bola chaqaloqlar oʻgʻil bola chaqaloqlarga qaraganda 200-300 grammga engil, 1-2smga kalta tugʻiladi.[2]
Goʻdakning terisi uni mikroblardan himoya qilishga qodir lizosim va shunga oʻxshash moddalarni ishlab chiqarishga qodir boʻladi. Lizosim bola tanasi toza mahalda eng koʻp ishlab chiqiladi shuning uchun chaqaloqni imkoni boʻlishicha har kun choʻmiltirish tavsiya etiladi. Bola emish, yutish, ushlash, emgaklash, suzish, oyoq tirash va yurish kabi harakat reflekslari bilan tugʻiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqning tana harorati 35-37 gradus boʻladi, vaqt oʻtishi bilan muallaq 36 gradus atrofida boʻladi. Tez orada rivojlangan ter bezlari esa bolani isib ketishdan himoya qiladi. Xona haroratini esa doim bir xil darajada, masalan 20 gradusda ushlash tavsiya qilinadi.Goʻdaklar boshining tepasida kichkina va katta liqildoq boʻladi, bu miya suyagining yaxshi qoʻshilmagan joyi boʻlib bola jarohatsiz tugʻilishiga yoki yiqilganda qattiq jarohat olmasligida muhim yordam vazifasini bajaradi. Vaqt oʻtishi bilan bola bir yoshga toʻlgunicha liqildoqning joyi bitib ketadi. Shu muhlat ichida bitib ketmagan liqildoq, bolada raxit kasalligi bor ekanligini belgisi boʻlishi mumkin.
Ovqatlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Goʻdak istagini yigʻlash orqali ifoda qiladi. Bola yigʻlashining sabablari har xil boʻladi, bu uning qorni ochgani, bir narsa bezovta qilayotgani, isib yoki sovqotib ketganidan, zerikkanidan yoki boʻlmasam yolgʻizlanib qolganidan dalolat berishi mumkin.Goʻdakni nima bilan boqish uning asab tizimlarining qanday rivojlanishini va kelajakda qanday odam boʻlib ulgʻayishini belgilaydi va shuning uchun ham bolaning ovqatlanishiga katta eʼtibor qaratish joizdir. Bu jarayonda ona koʻkrak sutining oʻrnini birinchi 6 oy ichida hech narsa bosa olmaydi. Goʻdakning dastlabki kunlarda tanasining bioritmi onasi bilan qattiq bogʻliq boʻladi, shuning uchun ham onaga nima boʻlsa bolada ham shu holat roʻy beradi.

Yüklə 36,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin