Djems-lange nazariyasi bo’yicha emotsiyalar quyidagicha vujudga keladi:Qo’zg’atuvchi– fiziologik o’zgarishlar vujudga kelishi – bu o’zgarishlar haqida miyaga signallar borishi –emotsiya.
Djems-Lange nazariyasini keyinchalik G.Myunsterberg davom ettirgan. Uning ta’kidlashicha, his qilish bu shaxsning olingan tasavvurga reaktsiyasidir. O’qituvchi bola psixikasiga passiv kuzatuvchi sifatida emas, balki faol o’rgatuvchi, ta’lim beruvchi shaxs sifatida ta’sir qilishi mumkin. M.: bola yoqimsiz baliq yog’ini iste’mol qilayotganda, ko’zlarini katta-katta ochib, bu shirin narsa deb tasavur etib , iste’mol qilsa yoqimsiz narsa yoqimliday, achchiq narsa ham shirinday tuyulishi mumkin.
Djems-lange nazaryasining kamchiligi.Emotsiya paydo bo’lishining tabiiy emasligidir. Xafa bo’lish uchun nima uchun sabasiz yig’lash, xursand bo’lish uchun nima uchun kulish kerak. Nima uchun artistday rolь bajarish kerak?
U.Kennon emotsiya markaziy nerv tizimi, jumladan talamusning maxsus reaktsiyasi oqibatida vujudga keladi, va emotsiya vujudga kelishini quyidagi sxemada tasvirlagan