P.Bard(1934) fiziologik o’zgarishlar va emotsional kechinmalar bir vaqtda sodir bo’ladi va sxema quyidagichashaklga ega bo’ladi:
emotsiyaqo’zg’atuvchifiziologik o’zgarishlar I.Ueynbaumning tomirli nazariyasi
XX asrning boshlarida I.Ueynbaum yuz muskullari va miyaga qon borishi orasida bog’liqlik borligini aniqladi,hamda yuz muskullari qon oqishini boshqarib turishi mumkin degan farazni ilgari surdi.Vena va arteriyaarga qarama-qarshi ta’sir etib miyaga qon borishi yoki qaytishini kuchaytirdi.Bu esa sub’ektiv kechinmalarning o’zgarishi bilan ta’minlanadi.
So’nggi vaqtlarda bu nazariya R.Zayants tomonidan sal o’zgartirilgan holda qayta tiklandi. Ueynbaumdan farqli ravishda R.Zayants yuz muskullari arterial emas, vena qon tomirlarini boshqaradi, degan fikrni ilgari surdi.
Olimning fikricha, ehtiyojlarning paydo bo’lishi, insonda salbiy emotsiyalarni paydo qiladi, bu esa organizmni qulay usullar bilan uni qondirishga undaydi, ehtiyoj qondirilgach, ijobiy emotsiyalar paydo bo’ladi. Agar olingan natija maqsadga mos bo’lmasa, emotsional notinchlik sodir bo’ladi, maqsadga erishishning muvaffaqiyatliroq usullari izlanadi.
Emotsiyalarning frustratsion nazariyasi.
Bu nazariya salbiy emotsiyalarning paydo bo’lishini ehtiyojlarning qiziqishlarning qondirilmasligi oqibati, muvaffaqiyatsizlik oqibati sifatida tushuntiradi.jahldorlik,g’azab, yarost, qo’rquvni kiritish mumkin.
Bu nazariyaga Dj.Dьyui asos solgan bo’lib, uning fikricha, emotsiya ixtiyoriy xulq-atvor shakllari to’siqqa uchraganda vujudga keladi.
L.Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi Bu nazariyaga ko’ra faoliyatning kutilgan va haqiqiy natijasi orasida farq bo’lsa (kognitiv dissonans) salbiy emotsiyalar paydo bo’ladi. KUtilma va natijaning mos kelishi esa(kognitiv konsonans)ijobiy emotsyalarni paydo qiladi.