Тема:Semirish bilan kechadigan kasalliklar.Tasnifi.Konstitutsional-ekzogen semirish.Serebrat-gipotalamik(PYuD,AGD,Barker-Simmonds sindromi)va endokrin semirish(gipotireoz,kushing,akromegaliya) Qiyosiy tashxisi.Davolash printsiplari,UASh taktikasi.
1. Mashg’ulot o’tkaziladigan joy,uning jihozlanishi
- кафедра подготовки ВОП с эндокринологией
- Jadvallar,tarozi,rostomer,samtimetr,mavzu bo’yicha bemor,vaziyatli masalalar,analizlar to’plami,o’rgatuvchi-kontrol testlar,qalqonsimon bez kasalliigi bilan og’rigan bemorlar
2. Mavzuni o’rganish uchun ajratilgan vaqt
Soat – 6 soat
3. Mashg’ulot maqsadi
Semirish bilan kechadigan kasalliklar bo’yicha bilimlarni egallash va amaliy ko’nikma hosil qilish
Vazifalar
• Semirish sabablarini ko’rib chiqish
• Semirishning rivojlanish mexanizmlarini ko’rib chiqish
• har xil turdagi semirishlarni solishtirish
• Davolash variantlarini muxokama qilish
• Semirish bilan og’rigan bemorni namoyish etish
• Semirishni tashxislash algoritmini muxokama qilsih
Talab bilishi kerak:
• Semirish sababalrini
• Semirish darajalrini aniqlay olish
• Semirishning turli shakllarining simptomlarini bilish
• Labarator analizlar va instrumental tekshiruvlar natijalarini taxlil qila olish.
• Semirishda patogenetik davo buyura bilish
Talaba bilishi kerak:
• Brok bo’yicha semirish darajasini aniqlay olish
• Tana vaznining indeksini aniqlash
• Abdominal indeksni aniqlash
4. Motivatsiya
Semirish yer yuzida ancha keng tarqalgan kasallik hisoblanadi.UJSSV hisobiga ko’ra,yer yuzining tahminan 30 % aholisi ortiqcha vaznga egadirlar.Semirish ancha keng tarqalganligiva uning ustiga qandli diabet,atereskleroz,gipertoniya kabi havfli kasalliklarning isbotlanga sabachisi bo’lishiga qaramay,semirishning yagona bir patogenetik tasnifi,davolash uchun minimal miqdorda nisbatan havfsiz dori vositalari ishlab chiqilgani yo’q.Shuningdek ko’pchilik insonlarda semirishga kasallik sifatida emas balki kosmetik nuqson sifatida qarashadi.Bunday tushunchaning hosil bo’lishi qisman faqat XX asrning 30- yillarga kelib insonlarda normal tana vazni haqida tushuncha paydo bo’lganligi ungacha bu muammo ularni ham, tibbiyotni ham,qiziqtirmaganli bilan tushuntiriladi. Bu patologiyaga to’g’ri tashhis qo’yish va davolash uchun UASHdan kasallikni to’g’ri baholay olish va davo taktikasini to’g’ri tanlashni bilish talab qilinadi.
Talabalarning bu mavzuni o’zlashtirishlarida ularning e’tiborini kasallikning etiologiyasi bo’yicha ham,patogenetik mexanizmi bo’yicha ham turli shakllari mavjudligi va shunga ko’ra bu kasallikning davosida va profilaktikasida turlicha yondashihs talab qilishiga qaratish lozim.Semirish muammosiga e’tiborni jalb qilish uchun uning naqadar yer yuzida naqadar tarqalganligiga aktsent berib o’tish kifoyadir.Talabalarning e’tiborini bu kasallikni tashxislash UASH uchun unchalik qiyinchilik tug’dirmasligini va tekshirish usullarining dostupniyligiga qaratish lozim.Ikkinchi planga metobolik sindromning maxsus diagnostik markerlarini aniqlash,semirishning turli klassifikatsiyalari,semirishni davolashda ishlatiladigan dori vositalarini sanab o’tishni qo’yish mumkin.
5.Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar.
Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.
6.Mashg’ulot mazmuni
6.1 Nazariy qism.
Ko’rib chiqiladigan savollar:
1. Konstitutsional-ekzogen semirish
а) sabablari,darajalari
б) ortiqcha tana vaznini aniqlash usullari
в) zamonaviy davo usullari
2. Gipotireoz
а) klinikasi va etiologik shakllari
б) turli genezli anemiyalar,KEO,buyrak kasalliklari,ichak kasalliklari bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
в) Homiladorlik paytida kechishining o’ziga hosligi va davosi
г) O’rinbosar gormonal terapiya,dozlarni tanlash
3. Itsenko-Kushing sindromi
а) Turli shakldagi giperkortitsizmlar bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
б) Giperkortitsizdagi semirish patogenezi va uning davosi.
в) davo usullari
4. Adinozo-genital distrofiya
а) Asosiy klinik simptomlarning etiologiyasi va patogenezi
б) Birlamchi gipogonadizm,yolg’on adipozogenital distrofiya bilan qiyosiy tashxis o’tkazish
в) profilaktikasi va davosi
Semirish -tanada ortiqcha yog’ning to’planishi bo’lib,mustaqil kasallik sifadita surunkali kechadi va bir umrlk davoni talab qiladi.UJSSV malumotiga ko’ra yer yuzining 30% aholisi ortiqcha vaznga egalar.Shuni qayd qilib o’tish kerakki,alimentar semirish atereskleroz,arterial gipertenziya,uglevos almashinuvining buzilishidagi roli isbotlab beilgan.Semirishning yagonabir tasnifi yo’q,shuning uchun etiologiyasi,yo’g’ to’qimasining tarqalishiga kora va tana vazniga ko’ar tasnifi mavjud.Alimentar semirishning ginoid,android va aralash turi,metoboik sindrom bilan yoki uning alohida komponentlari bilan:yuqori tip semirish,glyukozaga nisbatan tolerantikning buzilishi,giperlipidemiya,arterial gipertenziya bilan kabi turlari farqlanadi.Semirishning aniq sabalari-ovqatning yuqori kaloriyaligi va cheklangan jismoniy aktivlik hisoblanadi.Energetik balans-yog’ to’qimsining gormoni-leptin,insulin,noradrenalin,serotonin bilan boshqariladi.Energiyani yog’ sifatida to’plash(ayniqsa energiya taqchilbo’lgan paytda) yog’ to’qimasining hayotiy muhim funksiyasi bo’lib hisoblanadi.Yo’g to’qimasida yog’ kislotalarining almashinuvi ro’y beradi.
Semirish darajasini visual ko’rik va tana vaznini o’lchash orqali aniqlashdan tashqari,yanada ko’proq informatsya beradigan:tana massasi indeksi(TMI)-tananing kg da o’lchangan vaznini,tananing uzunligiga bo’lish orqali topiladi(kg/m2).Ideal TVI 18-25 kg/m2 hisoblanadi.TVI qanachalik yuqori bo’lsa shunchalik kasallanish va o’lim soni oshib boradi.Erkaklar uchun yog’ to’qimasining normative miqdori tana massasining 15-20 %,ayollar uchun esa 25-30 % hisoblanadi.Yog’ to’qimasining qalinligini bel aylanasining son aylanasiga nisbati orqali topiladi.Bu ko’rsatkich ayollar uchun 0.8 dan erkaklar uchun 0.95 dan oshmaydi.Agar bu ko’rsatkich oshib, TVI ham yuqori bo’lsa yuqori tip semirishdan dalolat beradi.
Klinik kartinasi.Semirish bazida depressiv sindrom,bezovtalik,shaxslararo va ijtimoiy munosabatlarning buzilishi bilan boradi.Semiz insonlar ayniqsa o’smirlik davrida yoki bu darajada diskriminatsiyaga uchraydilar.O’ziga past baho berish bu insonlarga ijtimoiy va shaxs sifatida garmonik rivojlanishlariga halaqit beradi.Ularning shikoyatlari quyidagicha:estetik muammolardan tortib,to semizlikka xarakterli bo’lgan (YuIK,qandli diabet,qon aylanishining yetishmovchiligi) va nospetsifik simptomlar(apatiya,uyquchanlik,tez charchash,qabziyatga moyillik,bo’g’imdagi og’riqlar).Shunga qaramay bemorlar hecha qachon ishtahaning yuqoriligiga shikoyat qilishmaydi.Shuning uchun bemorning ovqatlanish xarakterinini aniqlash lozim.Muammoni hal qilish yo’llari-bemorning нунвшпфт ovqati haqida so’rash,istemol qilish qilish chastotasi va sutka davomida oxirgi marotaba istemol qilgan vaqtini aniqlash.Bemorning oxirgi 2-5 kun ichida o’zidan yeydigan ovqatlari haqida yozib berishini so’rasa ham bo’ladi.Bu yo’l ancha uzoq lekin samarali yo’l xisoblanadi.Ekzogen-konstitutsional semirish bilan kelgan bemorlardan yig’ilgan anamnez tipik ko’rinishi quyidagicha:ularning nazarida ular juda kam ovqat istemol qilishadi,ertalablari esa umuman ovqatlanishmaydi.Ular tomonidan ertalab istemol qilingan bir chashka kofe(80 kkal) va saryog’ yoki pishloqli buterbrod(300 kkal) esa ular uchun ovqat ovqatlanish xisoblanmaydi.
Android va uzoq davom etgan ginoid tip semirish bilan og’rigan bemorlarda teri va yog’ bezlarining faoliyati kuchaygan bo’ladi,shuning uchun bu bemorlarning terisi nam,yog’li,yiringchalar,ekzematizasiyalar,piodermiyalar va furunkulyozlar bo’ladi.Chov va kindik churralari bu bemorlar uchun hosdir.Semirish insulinrezisentlik bilan kechib,bunda insulinning glyukozani utilizasiya qilish qobiliyati pasayib ketadi,bu esa glyukozaning jigar orqali qonga chiqarilishini kamayishiga olib keladi.Semirishda ko’p uchraydigan giperinsulinemiya arterial gipertenziya va tuxumdonlar polikistozi patogenezida asosiy omil hisoblanadi.Gipertrixoz semirish uchun hos va bu tuxumdonlarning anovulyasiya bilan kechuvchi ikkilamchi polikistozi bilan tushuntiriladi.
Uzoq davom etgan ginoid semirish va android tip semirish bilan og’rigan bemorlarda teri bezlari va yog’ bezlari funksiyasi oshgan bo’ladi,shuning uchun teri nam,yog’li,yiringchalar,ekzematizasiya,piodermiya,furunkulyozlar uchraydi.Chov va kindik churralari xarakterlidir.Semirish
Bu bemorlar ish kunini tamaddi qilib olish bilan boshlashadi.Odatda bunda ular yuqori kaloriyali yog’ maxsulotlarini istemol qilishadi.Ko’pincha bemorlar ish vaqtida o’zlari sezmagan holda avtomatik tarzda bir narsani kavshab turishadi;siqilganda,uyqu oldidan,kechqurun ham nimadir ist’emol qilishadi.Unchalik aniq bo’lmagan sabablarga ko’ra insulinrezisent shaxslar va ularnig jismoniy yuklamalarga tolerantligi bor yaqin qarindoshlarida semirishga sharoit yaratib berishadi.
Semirish bilan kelgan bemorlarni ko’zdan kechirgan vaqtda semirishda doimiy yo’ldosh kasalliklar: gipertonik kasallik,YuIK,ateroskleroz,qandli diabet II,qon aylanishi yetishmovchiligi,o’pka yuragi,o’t-tosh kasalligi,osteoartroz,purin almashinuvining buzilishi,venoz yetishmovchilik va oyoqlardagi trofik yaralar kabi kasalliklarni topishga e’tiborni qaratish lozim.Semirishning asoratlaridan biri o’pka gipertenziyasi,kunduzgi uyquchanlik,uyqudagi “apnoye” sindromi,ikkilamchi polisitemiya va arterial gipertenziya hisobiga vujudga o’ng qorincha yetishmochiligidir.Bu og’ir holat Ch.Dikkensning “Pikvik klubi bitiklar” romanidagi ish vaqtida doima uxlab o’tiradigan semiz-hizmatkor sharafiga Pikvik sindromi deb nomlangan.Sianoz,ortopnoye,hansirashning paydo bo’lsihi qon aylanishi yetishmovchiligi rivojlanganligidan dalolat beradi.Semirish metobolik yoki X sindromning bir komponenti hisoblanadi.Bu sindrom “o’lim to’rtligi” nomini (yuqori ip semirish,uglevodlarga bo’lgan tolerantlikning buzilsihi,giperlipidemiya,arterial gipertenziya).Metobolik sindromning boshqa komponentlari geperuikemiya,ateroskleroz,YuIK,qandli diabet hisoblanadi.Labarator tekshiruvlar semirishning organik sabablarini rad etish va rivojlanishi mumkin bo’lgan asoratlarni aniqlashga yordam beradi.Ortiqcha vaznga ega bemorlar uchun odatda qonda xolesterin,aterogen lipoprotein,siydik kislotaning yuqori ko’rsatkichi hosdir.Koagulogramma ko’pincha giperkoagulyatsiyaga moyillikni ko’rsatadi.(fibrinogenning oshishi,fibrinolizning pasayishi)
Semiz bemorlar uchun ikkilamchi giperaldesteronizm,LG va FSG ning nisbati o’zgarishi va estradiolning oshishi xarakterlidir.
Semirishning zamonaviy davosi-uzoq muddatli,xavfsiz va profilaktik yo’naltirilganlikdir.
Ovqatlanishning to’g’ri konsepsiyasini ishlab chiqish zarur.Parxez kaloriyasi sutkasiga 1000-1200 kkal tashkil etmog’I lozim. Parxezda hayvon yog’lari chegaralanadi,qand o’rnini bosuvchi moddalardan foydalaniladi,ko’p miqdorda oziqaviy tolalar qo’shiladi.
Jismoniy yuklama majburiy,uzoq davom etmog’I lozim,shundagina depodagi yog’lar sarflanadi.
Medikamentlar TVI 30 dan yuqori va parxez va jismoniy yuklamalar yordam bermagan holatlarda qo’llaniladi.
Medikamentoz davo variantlari:to’yish markaziga ta’sir qilish va to’yintirish-“Izolipan” preparati;yog’lar so’rilishini bloklash-“Ksenikal” preparati;lipolizni kuchaytirish-“Siofor” preparati.
Isenko-Kushing kasalligi(IKK)-neyroendokrin kasallik bo’lib,gipofiz kortikotroflari kortikotropinomasi yoki giperplaziyasi hisobiga vujudga keladigan va gipotalamogipofizar sistemaning glyukortikoidlarning ingibirlovchi ta’siriga nisbatan bo’sag’asining ortishi va buning oqibatida Aktg ning sutkalik sekretsiyasining buzilishi,buyrak usti bezi po’stloq qismining ikkilamchi ikki tomonlama giperplaziyasi,klinik jihatdan total giperkortisizm sindromi bilan namoyon bo’luvchi kasallikdir.Ko’p uchraydigan giperkortisizm shakli- ekzogen giperkortisim uzoq vaqt glyukortikoidlar qabul qilish oqibatida vujudga kelsa,endogen giperkortisizm esa IKK oqibatida rivojlanadi.Bu kasallikning uchrash chastotasi 1 yilda 1 mln. kishiga 2 kishi to’g’ri keladi.Har 5 ta bemorning birida kortikosteroma aniqlanadi.Kortikosteroma ham IKK kabi ayollarda ko’proq uchraydi.(tahminiy nisbat 8:1).Asosan 20-4- yoshdagi ksihilar kasallanadi.Endogen giperkortisizm bilan og’rigan bemorlarning15 % da AKTG ning ektopik produksiyasi kuzatiladi.Bu ko’proq 40-60 yoshda va erkaklarda ko’proq uchraydi.(nisbati1:3)
Ikki tomonlama AKTG-mustaqil nodulyar giperplaziya asosan bolalik va o’smirlik davrida uchraydi va ushbu shaklda(faqat shu shaklda) oilaviy kasallanish uchraydi,ko’proq sibslar kasallanadi.
Этиология и патогенез.
Etiolohgiya va patogenezi.Ayni vaqtda gipofizar teoriya mavjud.Bunda IKK ning morfologik va patogenetik substrati bo’lib gipofiz adenomasi hisoblanadi(90 % hollarda 1 sm dan kichik bo’lgan-mikroadenoma).
Adenoma monoklonal o’sma bo’lib,local mutasiya hisobiga vujudga kelgan,ko’pchilik holatlarda mikroadenomagacha yetib bormaydigan kortikotroflar giperplaziyasi oqibatida.Kam hollarda mikroadenoma uchraydi.IKK ta’rifiga ko’ra,kortikotropinomalarning shakllanishi gipofizning glyukortikoidlarga nisbatan sezuvchanligini pasayishiga olib keladi va kortizolningko’p ishlab chiqarilsihiga qaramay u AKTG ning sekretsiya dinamikasini boshqara olamydi va AKTG sekresiya dinamikasi buziladi.
Klinik kartinasi.Bemorni fizik tekshirishlar ma’lumotlarining o’zi total giperkortitsizm tashxisini qo’yishga yetarlidir,lekin ba’zida bu kasallik va sindromni farqlash uchun tekshirishlar o’tkaziladi.(Kushing kasalligi va sindromi).Ko’chilik holatlarda klinik kartinasiga asoslanib ektopik AKTG-sindromga ham shubxa qilinishi mumkin.Semirish bemorlarning 90% da uchraydi va yorqin klinik belgi bo’lib hisoblanadi.Giperkortitsizmda yog’ to’qimasi displastik tipda joylashadi(kushingoid tip semirish):qorinda,ko’krakda,bo’yinda,yuzda(oysimon yuz,qizargan,ba’zida tsianotik,”matronizm”) va bel(klimakterik do’ngcha”),bir vaqtning o’zida qo’llarning mushaklari atrofiyasi(“o’rkimchak barmoqlari”) va oyoqlarda(«скошенные ягодицы») kuzatiladi.Qo’l kaftining sirtidagi yog’ to’qimasi va teri yupqalashadi va bu holat semirishning hech qaysi turida uchramaydi.Hatto semirish kuzatilmagan bemorlarda(juda og’ir bemorlarda) Teri osti yog’ klechatkasining qayta taqsimlanishi kuzatiladi.Yog’ klechatkasining bunday tanlab to’planishini sababi tanani turli qismlarininig glyukortikoidlarga turlicha sezgiriligi mavjudligi bilan tushuntiriladi.Glyukokortikoidlarning katobolik ta’siri mushaklarning atrofiyasiga olib keladi,bu asosan yirik mushaklarda yelka kamari va oyoq mushaklarida kuzatiladi.
Mushaklar atrofiyasi bemorni o’tirib turg’izganda yaqqol namoyon bo’ladi:bu ikkala harakat bemor uchun qiyinchilik tug’diradi,ayniqsa turish ko’proq.Qorin mushaklarining atrofiyasi(“qurbaqa qorni”) oq liniya bo’yicha churralar shishlarining hosil bo’lishiga olib keladi.Teri yupqalashgan,mramor rangida,tomir sur’ati yaqqol namoyon bo’lgan,quruq,mahalliy terlash,teri tushishi kuzatiladi.Bemorlarda ular uchun spetsifik hid qo’y hidi kelib turadi.Semirishning kuchayishi bilan teridagi kollagen tushib,terining cho’zilishi hisobiga-striyalar hosil bo’ladi.Striyalar to’q-qizil yoki siyohrangda,qorin terisi,soning ichki yuzasida,sut bezlarida,yelkada joylashgan,eni bir necha santimetrgacha yetishi mumkin.Kasallikni davolash davomida ular oqimtir rangga kiradi.Terida ba’zida akne ko’rinishidagi toshmalar,ko’p sonly teri osti mayda qon talashlar kuzatiladi.
Giperpigmentatsiya asosan IKK ida AO %) va ektopik AKTG sindromda AOO % uchraydi.Ektopik AKTG_sindrom uchun miastenik sindrom hos:gipokalemiya va mushaklar distrofiyasi hisobiga.Bundan tashqari giperpigmentatsiya IKK tufayli ikki tomonlama adrenalektomiya bajarilgan bemorlarda ham rivojlanadi.Giperkortitsimning og’ir asoratlarda biri bo’lgan,bir tomondan giperkortitsizmning nechog’li og’ir kechayotganini bildirsa,ikkinchi tomondan kasallikning muxim tashxisiy belgisi hisoblanadigan(80-90%) osteoporoz(glyukortikoidlarning suyaklarning oqsil matritsasini yemirishi va kaltsiyning yuvilishi hisobiga) hisoblanadi.Ortiqcha kortikosteroidlar organizmda natriyning ushlanib qolishiga,gipokaliemiyaga,gipokalemik alkoloz rivojlanishiniga olib keladi.Elktrolit-steroidli miokardiodistrofiya rivojlanadi va diastolik giperkinetik tipdagi arterial gipertenziya hisobga og’ir kechadi.Mana shu symptom Kushing sindromining erta va doimiy simpomi hisoblanadi.Miokardidistrofiya ko’pincha aritmiyalar bilan namoyon bo’ladi(bo’lmachalar mertsal aritmiyalari,ekstrasistoliyalar).Ko’rstaib o’tilgan o’zgarishlar ko’p holatlarda yurak yetishmovchiligi rivojlanishiga sababchi bo’ladi,va bemorlarning bevosita o’limiga sababchi bo’ladi.Uyquchanlik,tunda och qolish hissi bilan kechuvchi polifagiya,polidipsiya,termoregulyatsiyaning buzilishi,psixik depressiya va agressivlik ham ortiqcha steroidlar hisobiga yuz beradi.Ko’p miqdordagi streoidlar psixik ozgarishlarga ham olib keladi(tormozlanishdan to eyforiyagacha bo’lagan psixik depressiya va steroid psixozlar).Bazida bemorlarning unchalik yaqqol bo’lmagan shikoyatlari va kasallikning og’irlik darajasi to’g’ri kelmasligi mumkin.Gipofiz adenomasi uchun hos bo’lgan kichik o’lchamli kortikotropinomada nevrologik(xiazmal) belgilar namoyon bo’lmaydi.
Glyukortikoidlarning ko’p ishlab chiqarilishi oqibatida glyukoneogenezning kuchayishi va periferik insulinrezisentlik hisobiga steroid qandli diabet rivojlanadi va u 10-20 % bemorlarda manifest shaklida namoyon bo’ladi.Ko’p hollarda uglevodlarga nisbatan tolerantlik kuzatiladi.Steroid qandli diabetning ‘ziga hosligi shundaki u dietoterapiya va tabletka formadagi qand miqdorini kamaytiruvchi vositalar fonida kechishi va kompensatsiyasi osondir,juda kam holatlarda ketoatsidoz rivojlanadi.Ko’p miqdorda kortikosteroidlarning immunosupressiv ta’siri natijasida organizmning infeksion omillarga,shu qatorda spetsifik infeksiyalarga beriluvchan bo’lib qoladi.Giperkortitsimda limfotsitlarning umumiy miqdori va aktivligi pasayadi,limfoid to’qimaning umumiy involyutsiyasi kuzatiladi.Infeksion jarayonlar atipik ,kam simptomlar bilan kechadi.Jinsiy gormonlarning ko’p ishlab chiqarilishi natijasida ayollarda gipertrixoz(sochlarning ortiqcha o’sishi),girsutizm(tuklarning erkaklarga hos o’sishi).Virilizatsiya(girsutizmning klitor gipertrofiyasi va defeminizatsiya bilan birga kelishi) ko’pincha aralash o’smalarda(kortikoandesteromalarda),gonadalarning lipid-hujayra o’smalarida yoki “toza” andesteromalarda kuzatiladi.Bunday o’smalarda giperkortitsizm klinikasi kuzatilamaydi.Androgenlarning ortiqcha miqdori gonodaliberinlarning tsiklik ishlab chiqarishining buzilishi hisobiga aminoreya kuzatiladi.IKK bilan bemorlar davolanganlarida so’ng ko’pincha autoimmun tireopatiya-keyinchalik birlamchi gipotireozga olib keluvchi autoimmun tireoidit rivojlanadi.
Tashxis.Itsenko-Kushing sindromi tashxislash bir necha etapdan iborat:
1.Klinik etap.Anamnez yig’ish,fizik va oddiy tekshiruvlar kiradi.Bu etapda bemalol giperkortitsizm tashxisini qo’yish mumkin.
2.Gormonal tekshiruvlar.Kushing sindromiga shubxa qilingan bemorlarda giperkortitsim borligi yoki yo’qligini tekshirish.(siydikdagi erkin kortizol miqdorini va kichik deksametazonli test).Yuqorida qayd qilingan metodlar orqali isbotlangan va yaqqol klinikasi namoyon bo’lgan total giperkortitsizm aniqlangan bemorlarda qiyosiy tashxis o’tkazish uchun giperkortitsizm sababi aniqlanadi:Itsenko-Kushing kasalligi,kortikosteroma,ektopik AKTG-sindrom(katta deksametazonli sinama,AKTG miqdorini aniqlash).
3.Topik diagnostika.Bu etapda kasallikning morfologik substrati aniqlanadi:gipofiz adenomasi va IKK dagi buyrak usti bezining ikki tomonlama giperplaziyasi;Buyrak usti bezining kortikosteromasi yoki IKS dagi AKTG-ishlab chiqaruvchi ektopik o’sma.Hozirgi kunda Itsenko-Kushing sindromini tashxisini asoslash uchun siydikdagi erkin kortizolning sutkalik ekskretsyasi aniqlanadi.Bu tekshirishning spetsifikligi 98% sezgiriligi esa 95-100%.Kichik deksametazonli sinamaning spetsifikligi atigi taxminan 80% va kam holatlarda bajariladi.Siydikdagi erkin kortizolning sutkalik ekskretsiyasini aniqlash yuqori spetsifikligiga qaramay,ba’zi holatlarda nisbiy giperkortizolemiya kuzatilishini ham hisobga olish zarur.
1.Bemor T. 49 yosh.Shikoyatlari ortiqcha vaznga,og’iz qurishi,bosh og’rig’I,qon bosiminining ko’tarilishi,qorinda oq striyalarga.Ovqatlanish rejimi-asosan soat 19.00 dan keyin,oxirgi ovqatlangan vaqti 22.00 da.
Ko’ruvda: bo’yi-170 sm,og’irligi-100 kg,bel aylanasi-90sm,son aylanasi-125sm.TMI(tana massasi indeksi-34.6 kg/m2,abdominal indeks-0.72).
1. TMI ning ko’rsatkichlari orqali qaysi darajadagi semirishni qo’ysa bo’ladi?
А. 2 d-ja semirish
Б. normal tana vazni
В. 1 d-ja semirish
Г. past tana vazni
Д. 3 d-ja semirish
2. Bemorda semirish qaysi tipda?
А. android
Б. ginoid
В. Bir tekisda
Г. aralash
Д. teri osti
3. Dastlabki tashxis:
А. Itsenko-Kushing kasalligi .
Б. Adipozogenital distrofiya
В. Itsenko-Kushing sindromi
Г. alimentar-konstitutsional semirish
Д. Gipotireoz
2. 38 yoshli erkak.Admistrativ ishchi.Biroz semirsihga,hansirash,davriy yurak urib ketishiga,uyquchanlik,tez charchashga shikoyat qiladi.BEmor yog’li va go’shtli ovqatlarni hush ko’radi.
Ko’ruvda-yog’to’qimasi asosan qorin soxasida joylashgan.P-170 sm,tana vazni-101kg,TVI(tana vazni indeksi-34,9kg/m2,abdominal indeks-1,07)
1. IVT ko’rsatkichlari qaysi darajadagi semirishga to’g’ri keladi?
A. 1d-ja
Б. 2d-ja
B. Normal tana vazni
Г. З d-ja
Д. Past tana vazni
2. Abdominal indeks qaysi formula yordamida aniqlanadi?
A. son aylanasi/bel aylanasi
Б. ko’krak bezlari hajmi/bel hajmi
B. kg/m2
Г. bel hajmi/son hajmi
Д. bo’y-100sm
3. Bemorda qaysi tipdagi semirish?
A. ginoid
Б. aralash
B. android
Г. gipoovarial
Д. markaziy
6.2 Analitik qism
Masala № 1
Bemor K.A. 32 yosh,bo’yi 162 sm,vazni 118 kg.Ovqat yegandan song ko’p terlash,polimenoreya ko’rinishidagi menstrual tsiklning davriy buzilishi va emotsional qo’zg’alishlarda arterial bosimning ko’tarilishiga shikoyat qiladi.Anamnezida tug’ilib o’sgan oilasidagi shaxslar ovqat shinavandalari,shirinlikni yahshi ko’radigan,ko’proq undan tayyorlangan ovqatlarni istemol qilishgan.Otasi,onasi,akalari va opalari hammalari turli darajada semirishga ega.Ko’ruvda-teri osti yo’g’ to’qimasining bir tekisda taarqalganligi,qorin terisining fartuk ko’rinishida osilib qolganligi,qorin terisida striyalar aniqlandi.Arterial qon bosimi deyarli normada,biroz taxikardiya,yurak chegaralari chapga siljigan,aorta ustida 2 ton aktsenti eshitiladi.O’pkada –nafas chiqarishning biroz uzayganligi(anamnezida bronxitlar kuzatilgan).Perkusiyada jigar va taloq kattalashmagan,ish kelishi qabziyatga moyil,lekin ish suruvchi o’simliklardan tayyorlangan vositalar yordamida oson keladi.10 yil davomida iqtisodchi bo’lib,oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikada ishlagan.Turmush qurgan,2 farzandi bor.
1. Bemorda semirishning darajasi va tipini aniqlang?
2. Menstrual tsiklning buzilishi va arterial qon bosimining ko’tarilish mexanizmlarini tushuntiring?
3. Ayniqsa ovqatdan keyin kuzatiladigan ko’p terlash nima bilan tushuntiriladi?
4. Ob’yektiv ko’rikdan olingan ma’lumotlar asosida boshqa endokrin genezli semirishlar bilan qiyosiy tashxis o’tkazing?
5. Semirishni davolash uchun qaysi metodni qo’llaysiz?
Dostları ilə paylaş: |