*Tonik ichimliklardagi kofein miqdori 300 mg/sm3 dan oshmasligi kerak [3].
Energetik ichimliklarni dozaga qat'iy rioya qilgan holda iste'mol qilish mumkin. Maksimal doza - kuniga 1 banka ichimlik. Dozani oshirib yuborish qon bosimi yoki qandli diabet darajasining oshishiga olib kelishi mumkin.
3-jadval Kuniga ruxsat etilgan iste'molning maksimal chegarasi [4]
Energetik ichimliklar tarkibidagi vitaminlar multivitamin o'rnini bosa olmaydi.
Yurak kasalligi, gipo- yoki gipertoniya bilan og'rigan odamlar energetik ichimliklar iste'mol qilmasliklari kerak.
Energetik ichimlik tanani energiya bilan ta’minlaydi, degan da’vo asossiz. Energetik ichimlikning tarkibi faqat tananing ichki zaxiralariga yo’l ochadi, ya’ni u kalit, aniqrog’i, asosiy kalit vazifasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, ichimlikning o’zi hech qanday energiyani o’z ichiga olmaydi, faqat o‘zimizda mavjud bo‘lgan energiyani ishlatadi. Shunday qilib, biz o’z energiya resurslarimizdan foydalanamiz, boshqacha aytganda, biz energiyani o’zimizdan qarzga olamiz. Biroq, ertami-kechmi bu qarz charchoq, uyqusizlik, asabiylashish va depressiya shaklida foizlar bilan to’lanishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. http://www.primegroup.ae/regulated-products/services_cat/food-and-drinks/
2. ГОСТ Р 52844-2007 - Alkogolsiz tonik ichimliklar. Umumiy texnik shartlar
3. https://lex.uz/ru/docs/-4838676
4. http://www.primegroup.ae/wp-content/uploads/2019/06/3.-Non-Alcoholic -Formulated-Caffeinated-Beverage.pdf