Ma’ruza matnlari va mashg’ulotlarini o’tkizish rejalarini o’rganish Ma’ruza dars rejasi
Guruhlar
Dars o’tiladigan sana
O’quv fanining nomi: “Energiya tejamkorlik asoslari”.
Mavzu nomi: “Energiya tejamkorligining O’zbekistondagi huquqiy asoslari. Asosiy qonunlar”.
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy:Talabalarda mavzuga oid tushunchalarni o’rgatishda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
b) tarbiyaviy:Talabalarni tejamkorlikni shakllantirish.
c)rivojlantiruvchi:Talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsdan kutilayotgan natijalar- mavzuni o’zlashtirgandan so’ng talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.Qonun, qonuniy aktlar haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
2. Energiya iste’moli normativlari haqida tushunchaga ega bo’ldilar.
3. O’zdavstandart kabi tushunchalarga ega bo’ldilar
Axborot manbalari va texnik vositalar:Kompyuter komplekti, darsliklar, yig’ish texnologik jarayon xujatlari.
Darsturi: Ma’ruza
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Uyga vazifa: Mavzuni mustahkamlash, konspekt tayyorlash.
Kichik guruhlarda ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot. Mashg‘ulot maqsadi:
Seminar qatnashchilariga Guruhlarda ishlash tamoyillarini tushuntirish va amalda ko‘rsatish.
Mashg‘ulot natijasi:
Seminar qatnashchilari guruhlarda ishlashni tashkil qila oladilar. Guruhda ishlash qoidalarini biladilar.
Ta’limning guruhli shakli, eng avvalo, ta’limning guruhli shakli «ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta’lim beruvchi-Guruh-ta’lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. O‘quv guruhi, tarkibi bo‘yicha harakatchan kichik Guruhlarga bo‘linadi va ularning xar biri o‘zicha o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustaxkam kontakt o‘rnatiladi, shaxsiy va bir vaktning o‘zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, o‘quv-bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga kumaklashadi:
-vazifani birlikda bajarish jarayonida, ta’lim oluvchilarda, o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni Muhokama qilishga motivasiya paydo bo‘ladi;
-ta’lim oluvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni-argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa ular bir- birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
-Guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo‘lganda, ta’lim oluvchilar yordam berishlarini so‘raydilar va boshqalarga yordam berishni o‘rganadilar.
Ta’limning ushbu shakli, to‘gri tashkil qilingan pedagogik rahbarlik va boshqaruv paytida, jamoatchilikning asosiy shartlarini amalga oshirishda, ya’ni umumiy maqsadni anglashda, vazifalarni maqsadli taqsimlashda, o‘zaro bog‘lik va nazoratda kumaklashadi.
Xulosa Men pedagogik mahoratimni mustahkamlash davomida professor o’qituvchilardan zamonaviy ped texnologiyalarni qo’llab talabalarni dars mashg’ulotlariga qiziqtirish jarayonlarini o’rgandim va o’z pedagogik mahoratimni mustahkamlab o’qituvchilik kasbi qanchalik murakkab ekanligini talabalarga bilim ta’lim tarbiya berish mashaqqatlik hamda sharaflik kasb ekanligini anglab yetim. O’rgangan bilimlarimda kelajakda ish faoliyatimga katta yordam berishiga ishonaman.