Energetika fakulteti



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə6/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

Sezgirlik. Agar releli himoyaning ishlash zonasi chegerasida qisqa tutashuv
sodir bo‘lsa, u yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak. Masalan, RH1, u 
himoyalaydigan AB (birinchi-asosiy) hududdagi shikastlanishni o‘chirishi kerak
(1.3 - rasm) va bundan tashqari keyingi RH2 himoyalaydigan BC hududdagi 
(ikkinchi-zahira) qisqa tutashuvga ham yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lishi kerak.
RH1 ni ushbu funksiyasi uzoqdan zahiralash deb nomlanadi. Agar ikkinchi 
hududda (RH2) qisqa tutashuv sodir bo‘lsa yoki Q2 uzgich buzilishi natijasida
ishlamay qolsa bunday zahiralash lozim bo‘ladi. SHunday qilib, uzoqdan 
zahiralashga mo‘ljallangan releli himoya keyingi hududning (1.3 - rasm BC)
oxiridagi qisqa tutavuviga ham sezgir bo‘lishi kerak. 
Reli himoyaning sezgirligi elektr energetika tizimining barcha rejimlarida,
hattoki minimal rejimda ham yetarli darajada bo‘lishi kerak. Agar A 
elektrostansiyaning (1.4 - rasm) bitta generatori yoki bir necha generatori ishdan
chiqsa bunday rejim sodir bo‘ladi. 


11

1.4 - rasm. Himoyaning ishlash zonalari 


Ishonchlilik. Ishonchlilik talabi qo‘yidagidan iborat, rele himoyasi

o‘rnatilgan oraliq zonasida qisqa tutashuv bo‘lsa ishonchli ishlashi kerak va agar 

uning ishlashi ko‘zda tutilmagan holatlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak. Releli
himoyaning ishlamay qolishi yoki noto‘g‘ri ishlashi iste’molchilarning elektr 
ta’minotiga qo‘shimcha buzilishlarni, ba’zida tarmoq ahamiyatiga molik avariyaga
olib keladi. Masalan, K1 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa (1.5 - rasm) va RH1 
ishlamasa RH3 ishlab ketadi, buning oqibatida qo‘shimcha ravishda II va III
nimstansiyalar ham o‘chib qoladi, normal rejimda RH4 ning noto‘g‘ri ishlashi esa 
L4 EUL o‘chiradi va I-V nimstansiyalarning iste’molchilari ta’minotsiz qoladi.
Rele himoyasi uskunasining ishonchliligi ularning sxemasini soddaligiga, 
rele, kontaktli birlashmalar, ularning elementlari sonini kamaytirish, qabul
qilinadigan sxema va konstruksiya, rele, yarimo‘tkazgichli elementning soddaligi 
va ishonchliligi, yordamchi apparatura va montaj materiallarining sifatli
tayyorlanganligi, montaj va kontaktli birlashmalarning sifatiga, bundan tashqari 
releli himoyaning sozligini davriy tekshirishga va ekspluatatsiya jarayoniga
bog‘liq. Relili himoyaning ishonchliligi uchun uning sozligini avtomatik va testli 
tekshirish muhim ahamiyatga ega. Relili himoyag elementlarini umumiy bajarilishi
PUE va rele himoyasini bajarishga oid yo‘riqnomaga bo‘ysunadi. 

1.5 - rasm. Releli himoyani ishlamagan holatda qisqa tutashuv ni noselektiv o‘chirish.







12



Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin