Energetika



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/4
tarix29.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#59995
1   2   3   4
Energetika ” fakulteti “elektr energetikasi” kafedrasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

MUNDARIJA


KIRISH 5
Gidroturbina parametrlarini: Hmax,.Hmin, N, D1, Q1, nsi, t, nS , HS aniqlash va Hmax napor asosida gidroturbina turinitanlash. 6
Radial- o’qli gidroturbinaning ishchi g’ildiragi asosiy gidravlik ko’rsatkichi va 8
konstruktiv parametrlari 8
Burama kurakli gidroturbinaning ishchi g’ildiragi asosiy gidravlik ko’rsatkichi va konstruktiv parametrlari 9
Gidroturbinaning sinxron nsiaylanish soni tezligi 12
Gidroturbina ekspluatatsiya xarakteristikasiniqurish 14
So’rish balandligiga Hs ni hisoblash 17
Hulosa 18
ADABIYOTLAR 19


KIRISH


Zamonaviy sharoitda insoniyat o’zining rivojlanish jaraѐnida energota’minot masalasini birinchi o’ringa qo’yadi. Bu masalaning qay darajada samarali va sifatli yechilishi aholi haѐt faoliyati darajasi va albatta, atrof-muhitning ahvoli bilan aniqlanadi. Planetada aholi sonining oshishi energiya iste’molining oshishiga olib keladi va uning yashash sharoitini yaxshilash mahsuli hisoblanadi.


Zamonaviy energetika asosan foydali qazilmalar – ko’mir, neft, tabiiy gazdan foydalanishga qaratilgan bo’lib, bu manbalar esa doimiy emas. Foydali qazilmalarning yangi konlari topilganini hisobga olsak, organik ѐqilg’i bilan ta’minlash muddati 150 yilgacha cho’ziladi. Bundan kelib chiqqan holda, eng optimal bashoratlar ko’rsatishicha, ko’mir, neft va tabiiy gazning Yer yuzidagi zaxirasi yaqin kelajakda tugaydi.
Insoniyatni yangi energetik resurslar bilan ta’minlash ishlari yadro va termoyadro energiyasidan foydalanishga qaratiladi. Yaqin kunlargacha atom energiyasi tuganmas va ekologik jihatdan havfsiz hisoblanardi. Biroq, «xavfsiz atom»dan foydalanishni o’rganish davrida olingan «tajriba» xatto eng zamonaviy atom elektrostantsiyalari ekspluatatsiyasi nafaqat mahalliy, balki global, katostrofik mashtabdagi avariyalarni yuzaga kelmasligini kafolatlamaydi. Masalan: 1986 yili CHernobldagi va 2011 yildagi Yaponiyaning Fakusimodagi atom stantsiyalarida yuzaga kelgan avariyalarni misol qilib olsa bo’ladi
Termoyadro ѐqilg’isining zaxiralarini tuganmas deb hisoblasa bo’ladi. Biroq ushbu sohadagi yadro texnologiyalarini tadqiq etish dinamikasining ko’rsatishicha, termoyadro sintezidan sanoatda foydalanish erasi yaqin kelajakda kuzatilmaydi.
An’anaviy energiya ishlab chiqaruvchilar uchun yagona alьternativ sifatida noan’anaviy va qaytalanuvchan energiya manbalari xizmat qiladi. Bular esa tugalmas va ekologik jihatdan toza hisoblanadilar. Qaytalanuvchan energiya manbalari – shamol energiyasi, quѐsh energiyasi, biomassa energiyasi, gidroenergiya, geotermal energiya va boshqalarni o’rganishda olingan tajriba ulardan hozirda foydalanishning texnologiyasi samarali ekanligini ko’rsatdi.
Gidroenergetika mamlakat halq xo’jalikning energetik ba’zasini ajralmas qismi hisoblanadi. Gidroenergetik boyliklarni organik va yadro ѐqilgisi bilan birga elektr energiyani ishlab chiqarishda insoniyat va mamlakat aholisi talabini qondirishda optimal sharoit yaratadi. Gidroenergetik boyliklar qayta tiklanuvchi manbalarga kiradi. Ularni, qayta tiklanmaydigan energetik manbalar - ko’mir, neft, tabiiy gazlardan- tubdan farqi, yer ostidan kovlab olinmaydi, kelajak avlodga saqlanib qoladi va bu bilan mamlakat boyliginisaqlaydi.
Foydalanmagan suv energiyasi halq xo’jaligi uchun qaytarib olinmaydigan yo’qotilgan energiya hisoblanadi. Insoniyat, ho’jalik ishi extiѐji uchun suv energiyasidan foydalanishda, har xil turdagi energiyani boshqa turga o’tkazishda, gidroenergetik qurilmalar(GEQ) ѐrdamida amalga oshirib kelmoqda.
GEQning bir turiga gidroelektrostantsiya kiradi, u suv energiyasidan elektr energiyasini olish uchun xizmat qiladi.
GEQ qaytalanib (reversiv) ishlash xususiyatiga ham ega, ya’ni suv energiyasini GESga nisbatan teskari yo’nalishda yuborilishi mumkin. Unda istimol qilinadigan elektr energiya elektr uzatish chizig’i orqali elektr energetik tizimdan va transformatordan olinadi. Keyinchalik olingan energiya elektr mashinada-elektr dvigatelda rotorni aylantiruvchi mexanik energiyasiga aylanadi. Elektr dvigatelga ulangan nasos bu energiyani bosimning gidravlik energiyasiga aylantirib suvni yuqoriga haydaydi. Bu holda GEQ nasos stantsiya rolini bajaradi.
Nihoyat, GEQ energiyani akkumulyatsiya (to’plash) qilish funktsiyasiga ham ega, bu o’z navbatida elektr energetik tizimning ishini boshqarishda juda ahamiyatlihisoblanadi.

Masalan, elektrik yuklamani pasayishida (tunda ѐki dam olish kunlari) GEQ nasos stantsiya bo’lib ishlaydi va elektr energiyani suv energiyasiga aylantirib beradi va bu bilan uning zaxirasini ko’paytiradi. Elektr energiya istimoli oshganda bu zaxira GES tizimida foydalaniladi.
Bunday turdagi GEQ gidroakkumulyatorli elektrostantsiya (GAES)deyiladi.
GEQda suv energiyasidan foydalanishda energetik jaraѐnlarni boshqarish tezkorlik bilan amalga oshirilishi, uning asosiy xususiyatiga kiradi, chunki energetik ko’rsatkichlarni o’zgartirishga uncha ko’p vaqt talab qilinmaydi. Masalan GESni issiqlik va atom elektrostantsiyalarga qaraganda boshqarish bir-ikki marotoba tezroq amalgaoshiriladi.
Tabiatda suvning aylanishi jaraѐnida, uning energiyasini qaytadan tiklanishidan va GESda suv oqimi mexanik energiyasidan foydalanadi. Energetik jaraѐnning bu hususiyati, GESda uzoq vaqtda elektr energiyani ishlab chiqish hisobiga, qaytadan tiklanmaydigan organik ѐki yadroviy ѐqilgilarni tejashga imkon beradi.
GEQning energetik jaraѐnida nisbatan kam miqdorda energiya yo’qoladi: GESlarda o’rtacha 10%, nasos stantsiya va GAESlarda 25% gacha bo’ladi. Bu xususiyat atrof muxitni himoya qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki energiyani issiqlik sifatida tarqalishi, chiqindilar va gazlarni havoga chiqarib tashlashlar tabiatni ifloslanishga olib keladi. Issiqlik va atom elektrostantsiyalarda elektr energiyani yo’qolishi 65 % gacha boradi.
Jahon gidroenergetik potentsiali 2200 GVt dan oshiqroqni tashkil etadi. Jahonning turli regionlari gidroenergetik resurslari va ulardan foydalanish hajmi haqidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, rivojlangan mamalakatlarda gidroenergetika keng tarqalgan. Rivojlanaѐtgan mamlakatlarda umumiy gidroenergetik resurslarning foydalanilmaѐtgan qismi 90% ni tashkil etadi.

1-jadval.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin