Zamonaviy sharoitda insoniyat o’zining rivojlanish jaraѐnida energota’minot masalasini birinchi o’ringa qo’yadi. Bu masalaning qay darajada samarali va sifatli yechilishi aholi haѐt faoliyati darajasi va albatta, atrof-muhitning ahvoli bilan aniqlanadi. Planetada aholi sonining oshishi energiya iste’molining oshishiga olib keladi va uning yashash sharoitini yaxshilash mahsuli hisoblanadi.
Masalan, elektrik yuklamani pasayishida (tunda ѐki dam olish kunlari) GEQ nasos stantsiya bo’lib ishlaydi va elektr energiyani suv energiyasiga aylantirib beradi va bu bilan uning zaxirasini ko’paytiradi. Elektr energiya istimoli oshganda bu zaxira GES tizimida foydalaniladi.
Bunday turdagi GEQ gidroakkumulyatorli elektrostantsiya (GAES)deyiladi.
GEQda suv energiyasidan foydalanishda energetik jaraѐnlarni boshqarish tezkorlik bilan amalga oshirilishi, uning asosiy xususiyatiga kiradi, chunki energetik ko’rsatkichlarni o’zgartirishga uncha ko’p vaqt talab qilinmaydi. Masalan GESni issiqlik va atom elektrostantsiyalarga qaraganda boshqarish bir-ikki marotoba tezroq amalgaoshiriladi.
Tabiatda suvning aylanishi jaraѐnida, uning energiyasini qaytadan tiklanishidan va GESda suv oqimi mexanik energiyasidan foydalanadi. Energetik jaraѐnning bu hususiyati, GESda uzoq vaqtda elektr energiyani ishlab chiqish hisobiga, qaytadan tiklanmaydigan organik ѐki yadroviy ѐqilgilarni tejashga imkon beradi.
GEQning energetik jaraѐnida nisbatan kam miqdorda energiya yo’qoladi: GESlarda o’rtacha 10%, nasos stantsiya va GAESlarda 25% gacha bo’ladi. Bu xususiyat atrof muxitni himoya qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki energiyani issiqlik sifatida tarqalishi, chiqindilar va gazlarni havoga chiqarib tashlashlar tabiatni ifloslanishga olib keladi. Issiqlik va atom elektrostantsiyalarda elektr energiyani yo’qolishi 65 % gacha boradi.
Jahon gidroenergetik potentsiali 2200 GVt dan oshiqroqni tashkil etadi. Jahonning turli regionlari gidroenergetik resurslari va ulardan foydalanish hajmi haqidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, rivojlangan mamalakatlarda gidroenergetika keng tarqalgan. Rivojlanaѐtgan mamlakatlarda umumiy gidroenergetik resurslarning foydalanilmaѐtgan qismi 90% ni tashkil etadi.
1-jadval.