Energetika va konchilik ishi fakulteti



Yüklə 12,61 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü12,61 Kb.
#210501
bayonnoma kutubxona


Termiz muhandislik-texnologiya instituti
Energetika va konchilik ishi fakulteti “
Elektrotexnika, elektromexanika va elaktrotexnologiya kafedrasining Axborot resurs markazidagi tadbir


BAYONNOMASI №_____

16.12.2023y Termiz shahri


Qatnashdilar:Elektrotexnika, elektromexanika va elaktrotexnologiya” kafedrasining professor-o‘qituvchilari, talabalar, ARM a’zolari












Kun tartibi:
1.Kutubxonaga keltirilhgan yangi adabiyotlar taqdimoti
2.Professor-o‘qituvchilar tomonidan sohaga oid adabiyotlar xususida davra suhbati

Joriy yilning 16-dekabr kuni Termiz muhandislik-texnologiya institutida Elektrotexnika, elektromexanika va elaktrotexnologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari tomonidan Termiz muhandislik-texnologiya institute kutubxonasida “Yangi adabyotlar bilan tanishtiruv” davra suhbati tadbiri amalga oshirildi.


Kun tartibidagi masala bo‘yicha davra suhbatini kafedra mudiri F.Omonov ochib, Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda.Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Matbuot, noshirlik va axborot sohasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilingan. 1 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligini davra suhbati ishtirokchilariga tushuntirdi.
Shu bilan birga, F.Omonov so‘zida davom etib, hozirgi vaqtda oliy ta’lim tizimida ham elektron, ham nashrdan chiqqayotgan kitoblar haqida to’xtalib o’tdi. Kafedra professor-o‘qituvchilaring o‘quv-qo‘llanma, monografiyalari bilan ham tanishtirib o‘tdi. Jumladan, I.Xolmirzayevning “Ichimlik suvini tozalash va taqsimlash tizimida elektr energiyasi samaradorligini oshirish” nomli monografiyasi, S.Qurbonazarovning Elektr texnologik qurilmalar fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun o‘quv uslubiy qo‘llanmalari ko‘rsatilib, o‘qishga tavsiyalar berildi.
Shundan so’ng B.Abdulazizov so‘zga chiqib,ARM ga kelgan sohaga oid yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi, xususan, Pirmatov va boshqalarning “Elektr mashinalari”, Saodatullayev va boshqalarning “Maxsus elektr mashinalari”, Tursunovning “Lazerlar asoslari” kabi kitoblar haqida qisqacha ma’lumotlar berdi.
Suhbat jarayonida, talabalar sohaga oid adabiyotlarni topishda uchrayotgan muammolari xususida davra suhbati tashkilotchilariga savollar berishib, ularga to’liq javoblar olishdi.
Davra suhbati yakunida F.Omonov so‘zga chiqib, suhbat davomida berilgan ma’lumotlarga o‘z fikri va munosabatini aytib, talabalar ko‘proq o‘qib izlanishidan umidvorligini bildirib tadbirni yakunladi.

Yig‘ilish raisi F.Omonov
Yig‘ilish kotibi Q.To‘rayeva





Yüklə 12,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin