2 . “Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi” “Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi” - aholi va xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo’jalik mexanizmlarini o‘rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obyektiv qonunlari namoyon bo‘lishi va amal qilishiga, Shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. Hozirgi kunda korxonalarni rivojlantirish strategiyasiga bo‘lgan qiziqish sezilarli ravishda o‘sgan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xomashyo, material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (xaridorlar) bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib. rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona, bu —avalo ishlab chiqarish jamoa, odamlaming turli tarzdagi faoliyati bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush-tarzi, ma’naviyat va axloq normalari shakllanadi. Bulaming barchasi xo‘jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko‘rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi o‘rni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi. Bugungi kunda aksar korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari, xolding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yoMidan bormoqda. Davlat korxonalaming tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo‘l ochib, ulaming ishlab chiqarish funksiyalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq normalar bilan cheklab qo‘yayotgani yo‘q. Ya’ni qonunda taqiqlab qo‘yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mustaqil xo‘jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo‘lib, mazkur o‘quv qo‘llanmada ko’rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan. Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to‘kinlikni ta’- minlab beradi, davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o‘ylash mutlaqo xato bo'Iar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo'lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat o‘z zimmasidan ma’muriy-buyruq bozlik funksiyalarinigina soqit qilib, maxsus iqtisodiy ta’sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazorat qilish va boshqaruv funksiyalarini, Shuningdek, iqtisodiyotning xo‘jalik yurituvchi subyektlaming to‘g‘ri dan to‘g‘ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ulaming qo‘lidan kelmaydigan sohalarini rivojlanitirishdagi ishtirokini saqlab qolgan. Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ulaming rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlaming madaniyati, ma’lumoti darajasi va hokazolami aks ettiradi. “Korxonalami rivojlantirish strategiyasi” bilimlaming mustaqil sohasi va iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko‘proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo‘jaligiga to'g'ridan to'g‘ri ta’sir ko'rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’i nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko‘rsatkichlari hamda aholining turmush- tarzi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunday sharoitlarda xojalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o'rinda har bir korxona, to‘g‘rirog‘i, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini, awalo, uning asosiy ko‘rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to‘g‘ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishida o‘z hissasini qo‘shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo’g'inida yuqori samara va sifat ko‘rsatkichlariga erishish masalasi qo‘yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko‘nikmalami, mablag‘ va kuchlami kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlaming to‘kinligi va turmushtarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.
“Korxonalami rivojlantirish strategiyasi” fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, “Iqtisodiy nazariya”, “Mikro va niakroiqtisodiyot”, “Sanoat iqtisodiyoti”, “Lizing”, “Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish”, “Xomashyo yetkazib berish va mahsulotni sotishni o‘rganish” bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda korxonalaming tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi o‘rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to'lashning asoslari ishlab chiqiladi. “Korxonalami rivojlantirish strategiyasi” korxonalar faoliyati va butun xalq xo‘jaligi rivojlanishining miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlaridan ajralmagan holda o‘rganuvchi “Iqtisodiy statistika” bilan, Shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “Korxonalar xo‘jalik faoliyatining tahlili” bilan ham bog‘liq. Gap shundaki, korxonalar hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni texnika va texnologiyalarni bilmasdan o‘rganishning iloji yo‘q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o‘zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o‘rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas.