Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri Reja: Texnika taraqqiyotida energetikaning o’rni


Energetikani texnika taraqqiyotiga ta‟siri



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə2/3
tarix26.07.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#137552
1   2   3
.Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri.

2. Energetikani texnika taraqqiyotiga ta‟siri
Texnikani shiddatli taraqqiyoti va uning hozirdagi darajasiga, energiyaning yangi turlaridan, birinchi navbatda elektr energiyasidan foydalanmasdan etib bo’lmas edi. Elektr energiyasi inson hayotida keng qo’llaniladi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, zamonaviy jamiyatning mo’’tadil hayoti elektr energiyasiz tassavur etish qiyin.
Elektr energiyasi sanoatda turli-xil mexanizmlarni harakatga keltirish uchun va bevosita texnologik jarayonlarda, transport keng foydalaniladi.
Zamonaviy aloqa vositalarining - telegraf, telefon, radio, televideniya - ishlashi elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Kibernetika, hisoblash mashinalari, koinot texnikasining taraqqiyoti elektr energiyasiz taraqqiy etmas edi. Elektr energiyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, uni uzoq masofalarga oson uzatish va boshqa energiya turlariga kam yo’qotishlar bilan o’zgartirish mumkin.
Insoniyat keyingi vaqtlarda sun’iy yo’l bilan olinadigan quvvat, atmosferada sodir bo’layotgan geofizik va geologik jarayonlar va hattoki koinotda sodir bo’layotgan jarayonlar quvvati bilan taqqoslash o’rinli. SHunday qilib, energetika tushunchasini sun’iy tizim - insoniyat tomonidan yaratilgan tizim sarhadlari bilan chegaralanmasdan, sun’iy tizimlar bilan tabiiy tizimlarni o’zaro uzviy bog’liqlikda qarash kerak.
Insoniyat tomonidan yaratilgan sun’iy tizimlar quvvati va tabiiy geofizik jarayonlar quvvatini quyidagi taqqoslashi keltirilgan. Quyosh yil davomida koinotga yirik miqdorda energiya nurlantiradi, ulardan er yuzasiga 5/108 km2 ga teng bo’lgan erga taxminan 7,5/1017 kVt/soatga teng bo’lgan energiya etib keladi. Bu esa 85600 mlrd. kVt quvvat demakdir.
1983 yilda erda energiyaning barcha turlaridan (80-83) /1012 kVt/soat energiya ishlab chiqarildi va foydalanildi. Dunyoda bir yilda 8360 TVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
E rning 1 km2 yuzasiga o’rtacha quvvati 17-104 kVt ga teng bo’lgan quyosh energiyasi tushadi va birlamchi energiya manbalarining bu energiyadan foydalanish quvvati taxminan 19 kVt ga teng. Bu quvvatlar o’zaro 104 marotaba farq qiladi. Quyosh erning issiqlik muvozanatida katta o’rin tutadi. Uning erga to’g’ri keladigan nurlanish quvvati, insoniyat oladigan va tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlar quvvatidan ko’p marotaba ortiqdir. Quyosh quvvatini, hozirgi davrda insoniyat foydalana olmayotgan, erning o’z o’qi atrofida aylanish quvvatidan (3/1013 mlrd. kVt) bilan taqqoslash munkin.
Biroq dunyodagi elektr stansiyalarning umumiy quvvatini (2 mlrd. kVt) hozirda ko’pgina tabiiy jarayonlar bilan taqqoslash mumkin. Masalan, koinotdagi havo oqimlarining o’rtacha quvvati (25-30) /109 kVt ni tashkil etadi. O’z navbatida bo’ronlarning o’rtacha quvvati (30-40) /109 kVt. Dengiz to’lqinlarining umumiy quvvati (2-5) /109 kVt. Taqqoslashlar keltirilayotganda nafaqat turg’un elektr stansiyalarni quvvatini, balki harakatdagi energetik qurilmalar quvvati ham hisobga olish kerak. Masalan, dunyodaga barcha yo’lovchi tashuvchi samolyotlarning umumiy quvvati 0,15/109 kVt dan kam emas. Ayniqsa atmosferaning yuqori qatlamlarida uchuvchi o’ta yuqori tezlikka ega samolyotlar atmosferadagi azon qatlamiga yomon ta’sir etadi.
Turg’un elektr stansiyalarining kam quvvatlilari ham biosferaga sezilarli ziyon etkazadilar, chunki ularning yil davomidagi ish davomiyligi katta. SHunday qilib energetik va boshqa qurilmalarni ishlatish, atmosferaning ifloslanishi va ko’p miqdorda organik yoqilg’ini yoqilishi natijasida uning havo tarkibi o’zgarishi; dunyo ummonining ifloslanishi; gidro elektr stansiyasi qurilishi natijasida quruqliklarni suvga ko’milishi; o’rmonlarning kesilishi; issiqlik elektr stansiyalarining butun dunyoning umumiy issiqlik muozanatiga ta’siri katta muammolar keltirib chiqaradi. Energetik tizimlarni loyihalashtirayotganda, ularni rivojlantirish va foydalanish davomida atrof muhitga ta’siri barcha jihatlari tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. Shuning uchun muhandis-energetikka tabiat va unda bo’layotgan hodisalar to’g’risida bilimlar juda zarur.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin