3. Energiya tizimining boshqa tizimlar bilan bog’liqligi Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan energiya tizimi bevosita yoqilg’i ta’minlash tizimi, ya’ni birlamchi energiya manbalari, bilan bog’langan.
Energiya tizimining qurilishi va ishlashi ko’p hollarda tabiiy omillarga bog’liq, masalan suv havzalarining joylashishi yoki energiya manbalari va iste’molchilarining geografik joylashishi.
Biosferaning holati, uning ifloslanganlik darajasi, energetik qurilmalarning ishga bog’liq holda energiya tizimlarining ishiga va ularning texnik tavsiflariga cheklanishlar kiritadi.
Energiya tizimini boshqarish nafaqat biosfera ta’siri jihatidan olib borilishi kerak, balki yoqilg’i ta’minlash tizimining omili, sanoatni va transportni energiyaga ehtiyoji omili va boshqa omillarni ham e’tiborga olish kerak. Bularni hammasi muhandis-energetiklarni keng miqyosida tayyorlash kerakligi to’g’risida guvohlik beradi.
Z amonaviy muhandis nafaqat maxsus texnik doirada yaxshi fikrlashi kerak, balki qabul qilinayotga qarorlarni atrof muhitga ta’sirini ko’ra bilishilozim. Masalan, suv elektr stansiyasi qurilishda, katta joydagi erlarni suvga ko’milishi oqibatida aholini yashash joylaridan ko’chirishga to’g’ri keladi, bu o’z navbatida odamlarning kundalik hayotini o’zgartirishga va qishloq xo’jaligiga zarar etkazishga olib keladi.
Bundan tashqari bu stansiyaning qurilishi tabiat mikroklimatiga ham ta’sir etadi.
Rasm 2. Energiya tizimining boshqa tizimlar bilan bog’liqligi Foydalanilgan adabiyotlar: