Eng Qadimgi Hindiston. Reja


Shimoliy Hindistondagi dastlabki davlatlar. Miloddan avvalgi IX–VI asrlarda



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə5/12
tarix10.05.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#110745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1479925740 66173

3. Shimoliy Hindistondagi dastlabki davlatlar. Miloddan avvalgi IX–VI asrlarda Gang vohasi va Shimoliy Hindistonda xo`jalik asta-sekinlik bilan rivojlana borgan. Xo`jalikni boshqarish, aholi orasida tartib-qoidalarni saqlash va u yoki bu viloyatni tashqi dushmanlar hujumlaridan saqlash uchun davlat zarur edi. Bugina emas boy-badavlat kishilar uchun ham podsholik, ham davlat zarur edi. Ular: «Agar podsho, davlat himoya qilmasa, badavlat kishilar o`lim va quvg`inlikka mahkum bo`ladilar», der edilar.
Miloddan avvalgi VI asrga kelib Gang – Jamna vohasi va Shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq katta-kichik davlatlar bo`lib, ularning yiriklari Kambodja, Koshala, Kashi, Magadxa, Anga, Shakya Gandxar, Malla va boshqalar edi.
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimoliy Hindistonda hukmronlikni qo`lga olish uchun yuqoridagi davlatlar o`rtasida shiddatli janglar bo`lib o`tgan. Podsho Bimbasara (543–491) davrida Ma-gadxa kuchayib, uning qo`shinlari Gang vohasidan Bengal qo`1-tig`igacha bo`lgan yerlarni bosib olganlar. Bimbasara vorislaridan Ajatashtru davrida butun Gang vohasi va Markaziy Hindistonda yirik davlat tashkil topadi.
Miloddan avvalgi 345-yili aholining quyi tabaqasiga mansub bo`lgan Ugrasen Nand Magadxa podshosini yengib taxtni egallaydi. U qudratli Nand podsholigiga asos soladi. Ugrasen davrida Shimoliy, Markaziy va hatto Janubiy Hindistonning katta qismi Nandlar davlati tarkibiga qo`shib olinadi. Nand Hindistondagi qudratli davlatga aylanib bu davrda xo`jalik va madaniyat har tomonlama rivoj topadi.
Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Hind vodiysi va Panjob viloyatida ham ko`pgina mayda davlatlar bo`lgan. Bu davlatlarning aksariyati Doro I davrida Eronga tobe bo`lib, ko`p miqdorda xiroj toiab turganlar.
4. Iskandarning Hindistondagi istilolari. Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Makedoniya podshosi Iskandar Zulqarnayn Turondagi istilolardan so`ng, 120 ming kishilik qo`shin bilan Hindikush va Sulaymon tog`laridan oshib o`tib, Panjob viloyatiga bostirib kiradi. Panjobdagi mayda davlatlarning ko`pchiligi Iskandarga itoat etadilar. Ammo Panjobdagi eng kuchli podsholardan biri Por Iskandarga qarshi kurashga otlanadi. Por ixtiyorida 30 ming piyoda, 4 ming otliq askar, 3000 jang arava va 200 jangovar fil mingan jangchilar bor edi. Ikki shoh askarlari o`rtasida shiddatli jang boshlanadi. Porning o`zi jangovar fili ustida dushmanlar bilan qahramonlarcha kurashib 9 joyidan yarador bo`ladi. Janglarning birida uning ikki o`g`li halok bo`ladi. Ammo u shunga qaramay urush maydonini, askarlarini tark etmay, jangni davom ettiradi. Urush Iskandar qo`shinlarining g`alabasi bilan tugaydi. Por bilan bo`lgan urushlarda Iskandar ko`p askarlaridan ayrildi. Iskandarning sevimli jangovar oti Butsefal janglarning birida tig` tegib halok bo`lgan. Iskandar halok bo`lgan oti sharafiga Hind daryosi bo`yida Butsefaliya shahrini qurdirgan. Iskandar Porning jangdagi qahramonligi va irodasiga tan berib, uni o`z saltanati podshosi qilib qoldiradi. Iskandarning Gang vohasiga bostirib kirish niyati ham bor edi. Xuddi shu davrda Iskandar qo`shinlari o`rtasida kasallik tarqalib, uning sarkardalari Gang tomon yurishdan bosh tortadilar.
Ikkinchidan Gang daryosining chap sohilida qudratli Nand davlatining 200 ming piyoda, 80 ming otliq, 8 ming jang aravali va 6 ming jangovar fil mingan suvoriydan iborat katta qo`shini turardh Iskandar Nandlarning qudratli qo`shinini yengishga ko`zi yetmay Gang tomon yurishni qoldirishga majbur boiadi. Iskandar Hind va Panjobda ozroq qo`shin qoldirib, miloddan avvalgi 325-yili Hindistonni tark etib, Bobilga qaytadi. U Bobilni o`z saltanatining markaziga aylantiradi. Ammo u 12 yil kurashib, jang qilib qo`lga kiritgan ulkan saltanatini 2–2,5 yilgina boshqaradi-yu, miloddan avvalgi 323-yilda og`ir betoblik va zaharlanishdan vafot etadi. U endigina 34 yoshga qadam qo`ygan edi.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin