IV. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar. Mustaqil ta'limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta'lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun va mohiyati.
2. Mustaqillik yillarida davlat boshkaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
3. Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
4. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)
5. Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar.
6. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.
7. Milliy xavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
8. O‘zbekistonni xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini ko‘tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
9. Siyosiy – huquqiy sohadagi (10 ta ) ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning intergratsiyalashuvi.
10. Iqtisodiy va ijtimoiy sohasidagi (14 ta) ustuvor xalqaro reytinglar va ular O‘zbekistonning integratsiyalashuvi.