V. Fan o‘qitilishning natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar). Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
∙ Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyatini, O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o‘zgarishlarning ahamiyatini;
∙ Zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonningjahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, havfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
∙ O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarishi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixidagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
∙ O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma'naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak.
VI. Ta'lim texnologiyalari va metodlari: -ma'ruzalar;
-interfaol keys-stadilar;
-seminarlar(mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
-guruhlarda ishlash;
-taqdimotlarni qilish;
-individual loyihalar.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish
Rahbariy adabiyotlar: 1. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent: O‘zbekiston.. 2017.
2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.
3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yiligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma'ruzasi. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.
4. Mirziѐev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017.
5. Karimov I.A. Inson uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T. 14. - Toshkent: O‘zbekiston, 2006.
6. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008.
7. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011.
8. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. - Toshkent: O‘zbekiston. 2015.