Entity Framework 6



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə4/54
tarix17.06.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#132013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
EntityFramework(6,u) uzb

2010 yilda 4.0 versiya yaratilgach, ushbu texnologiya DB bilan ishlashda yetakchi texnologiya sifatida ishlatilmoqda. Ushbu versiyada Model First va Code First kabi yondashuvlar yaratildi.
2012 yilda ishlab chiqilgan 5.0 versiyada qo‘shimcha imkoniyatlar taklif qilindi. 2013 yilda esa Entity Framework 6.0 yaratilib, ma’lumotlarga asinxron dostupni taklif qiladi.
Entity Framework ning markaziy konsepsiyasi sifatida element yoki entity ishlatiladi. Element – muayyan ob’ektni ifodalovchi ma’lumotlar to‘lamidan iborat. Shuning uchun ushbu texnologiyada jadvallar o‘rniga ob’ektlar va ularning to‘plamlari ustida amallar bajariladi.
Ixtiyoriy elementxuddi real hayotdagi ob’ekt kabi bir qator xususiyatlardan iborat. Agar element insonni ifodalasa, biz unda ism, familiya, bo‘yi, yoshi va og‘irligi kabi xususiyatlarni aniqlashimiz mumkin.
Xususiyatlar oddiy int tipiga mansub qiymatni ifodalamasligi ham mumkin. Xususiyat sifatida murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan kompleks tuzilma ham bo‘lishi mumkin. Har bir elementda bir yoki bir qancha xususiyatlar mavjud bo‘lib, xususiyatlar orasida elementni bir qiymatli aniqlovchi xususiyat ham mavjud bo‘ladi. Ushbu turdagi xususiyatlarni kalitlar deb yuritiladi.
Shuningdek, elementlar bir-biri bilan birga-bir, birga-ko‘p va ko‘pga-ko‘p aloqada bo‘lishi mumkin. Elementlar o‘zaro birlamchi va ikkilamchi kalitlar orqali bog‘lanadi.
Entity Framework ning muhim jihatlaridan biri DB ma’lumotlari ustida LINQ so‘rovlarini amalga oshirish imkoniyati hisoblanadi. LINQ orqali nafaqat DBdagi jadvallarida saqlanayotgan ma’lumotlarni, balki turli assotsiativ aloqaga ega bo‘lgan ob’ektlarni ham olishimiz mumkin.
Entity Framework ning asosiy tushunchalaridan biri Entity Data Model hisoblanadi. Ushbu model loyihadagi elementlarga mos klasslarni DBdagi jadvallarga mos qo‘yadi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin