Required atributi Required atributi orqali xususiyatning qiymatga ega bo‘lishi shartligi ko‘rsatiladi. Ushbu atribut orqali shakllantirilgan atribut DBdagi mos ustunga NOT NULL sharti qo‘yilganligini anglatadi.
public class Phone
{
[Key]
public int Ident { get; set; }
[Required]
public string Name { get; set; }
}
Endilikda Phone ob’ektining Name xususiyatiga qiymat berilmagan holda DBda saqlansa, xatolik yuzaga keladi.
MaxLength va MinLength MaxLength va MinLength atributlari orqali satr tipiga mansuyu xususiyatning uzunligi ko‘rsatiladi:
{
[Key]
public int Ident { get; set; }
[MaxLength(20)]
public string Name { get; set; }
}
NotMapped_atributi_Modelning_barcha_public'>NotMapped atributi Modelning barcha public xususiyatlari jadvaldagi muayyan ustunga mos qo‘yiladi. Ammo bu turdagi moslikga doim ehtiyoj tug‘ilmaydi. Ba’zi hollarda modeldagi ba’zi xususiyatga mos DB jadvalida ustun shakllantirishga zaruriyat tug‘ilmasligi mumkin. Ushbu maqsadda NotMapped atributidan foydalaniladi:
public class Phone
{
[Key]
public int Ident { get; set; }
[Required]
public string Name { get; set; }
[NotMapped]
public int Discount { get; set; }
}
NotMappedatributidan foydalanish uchun System.ComponentModel.DataAnnotations.Schema nomlar fazosini loyihada yuklash lozim.
Jadval va ustunlarni moslashtirish Entity Framework da jadval va uning ustunlari shakllantirilayotganda model va undagi xususiyat nomlaridan foydalaniladi. Ammo zaruriyat tug‘ilganda Table va Column atributlaridan foydalaniladi:
[Table("Mobiles")]
public class Phone
{
public int Id { get; set; }
[Column("ModelName")]
public string Name { get; set; }
}