ikkalasi ham bir marta avlod beradi.
63
Osiyo (to‘qay) chigirtkasi. Chigirtkalar, shuningdek, to‘qay
chigirtkasi to‘liqsiz o‘zgaruvchan hasharotlar jumlasiga mansub
bo‘lib: tuxum, lichinka va voyaga yetgan bosqichlarida rivojlanadi.
Lichinka va yetuklik bosqichida turli oilaga mansub qishloq xo‘jalik
ekinlarini kemirib oziqlanadi. Osiyo chigirtkasi Amudaryoning
o‘rta va quyi oqimlari atrofidagi katta maydonlarda uchraydi.
To‘qay chigirtkasining erkagi 6—7 sm, urg‘ochisi 7—7,5 sm
uzunlikda bo‘ladi. Gala bo‘lib yashaydiganlari ko‘kish qo‘ng‘ir
yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi. Yakka yashaydiganlari esa yashil rangda
bo‘ladi.
To‘qay chigirtkasi tuxumlik bosqichida daryo va ko‘l yoqasidagi
qamishzor hamda g‘allasimon o‘tpoyalarning tuprog‘ida qishlaydi.
Lichinkalari O‘rta Osiyoda aprelning ikkinchi o‘n kunligida
tuxumdan chiqa boshlaydi. Gala bo‘lib yashaydiganlari bir yilda
bir marta, yakka holda yashaydiganlari esa ikki marta avlod
beradi.
Marokash chigirtkasi. Mamlakatimiz bo‘yicha marokash
chigirtkasi bir million gektarga yaqin maydonga tarqalgan. Professor
F.Gapparov ma’lumotiga ko‘ra, marokash chigirtkasi
respublikamizning birgina Qashqadaryo viloyatida 20 ming gektar
g‘o‘za maydoniga uchib o‘tib zarar yetkazgan.
Erkak marokash chigirtkalarining uzunligi 2—3,5 sm,
urg‘ochilariniki 2,5—4,2 sm keladi. Marokash chigirtkasi (23-rasm)
jigar rangda, ko‘kragining old qismida X harfiga o‘xshash oqish
hoshiyasi bor. Ko‘zachasi 2,5—5 sm keladi.
Marokash chigirtkasi tuxumlik davrida ko‘zacha ichida cho‘l va
tog‘ oldidagi yerlarda qishlaydi. Lichinkalari tuxumdan aprelning
birinchi yarmida chiqa boshlaydi. Bir yilda bir marta avlod beradi.
Lichinka va voyaga yetgan bosqichida qishloq xo‘jalik ekinlarini
kemirib zarar yetkazadi.
Kurash choralari. Chigirtkalarga qarshi kurashda ularning
miqdorini hisobga olish zarur. Agar to‘da bo‘lib yashaydigan
chigirtkalar bir metr kvadrat maydonda 15 dona uchrasa va yakka
holda yashaydigan chigirtkalar bir metr kvadrat maydonda 5 dona
uchrasa, ularga qarshi kimyoviy kurash choralarini olib borish
zarurati tug‘iladi. Bu holda respublimizda qo‘llash uchun ruxsat
etilgan pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Jumladan: konfidor, 20%
em.k., fenkill, 20% em.k., alfagard, 10% em.k., fastak, 10%
em.k., sumi — alfa, 20% em.k va boshqa tavsiya etilgan
pestitsidlardan foydalaniladi.
64
Savollar
To‘g‘ri qanotlilarning qaysi vakillari o‘simlikxo‘r hisoblanadi?
To‘g‘ri qanotlilarning qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi
vakillari va ularning biologiyasini gapirib bering.
Chigirtkalarga qarshi qanday kurash choralari qo‘llaniladi?
23-rasm.
To‘g‘ri qanotlilar turkumi.
Zararkunanda chigirtkalar: 1 — ko‘chmanchi chigirtkalar; 2 — marokash
chigirtkalari; 3 — voha chigirtkasi; 4 — sibir chigirtkasi; 5 — qora tuproq
chigirtkasi; 6 — to‘qay chigirtkalari; 7 — otbosar chigirtkasi;
8 — cho‘l chigirtkasi.
65
9-BOB. Foydali hasharotlar
Qishloq xo‘jalik ekinlarida uchrab zarar yetkazadigan
hasharotlarda yirtqichlik yoki parazitlik qilib hayot kechiradigan,
natijada zararkunanda hasharotlarning miqdori kamayishiga sabab
bo‘ladigan hasharotlar foydali hasharotlar deyiladi (24-rasm).
Respublikamizda yetishtiriladigan g‘o‘za, bug‘doy, sabzavot,
poliz va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga zararkunanda
hasharotlar, kanalar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilar yetkazadigan
zarar oqibatida hosildorlik sezilarli darajada kamayadi.
Zararkunandalarga qarshi uzoq yillar davomida asosan kimyoviy
kurash choralari keng qo‘llanildi. Kimyoviy moddalarni keng
miqyosda qo‘llash atrof muhitni zararlanishi, suvning
ifloslanishi, tabiatdagi foydali hayvonlar miqdorining kamayishi,
ekologiyaning buzilishi, tuproqdagi mikroorganizmlarning
nobud bo‘lishi hamda aholi o‘rtasida turli kasalliklarning kelib
chiqishiga olib keladi.
O‘simliklarning zararkunandalariga qarshi atrof muhit va inson
uchun mutlaqo zararsiz biologik kurash usulini ilmiy asosda qo‘llash
zarurati vujudga keladi. Mamlakatimizda o‘simliklarning biologik
himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, foydali
hasharotlar ko‘paytiriladigan biolaboratoriyalar soni O‘zbekistonda
1972-yilda 18 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 800 ga yaqin
biolaboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur biolaboratoriyalarda
qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 7 mln gektardan ortiq maydonni
zararkunandalardan himoya qilish uchun foydali hasharotlar
ko‘paytirilmoqda.
Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalarida juda ko‘p sondagi
hasharotlar tabiiy kushandalik qilib hayot kechiradi. Masalan,
ninachilar, beshiktebratarlar va xonqizilar kabi hasharotlar
yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Lekin ular o‘simliklarni biologik
himoya qilishda amaliy ahamiyata ega emas. Chunki ninachi,
beshiktebratar kabi hasharotlar juda kam sondagi qishloq xo‘jalik
ekinlarining zararkunandalari bilan oziqlanadi. Xonqizi kabi
hasharotlarning esa laboratoriya sharoitida ko‘paytirish muammoligi
66
uchun qo‘llanilmaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga
qarshi kurashda eng ko‘p qo‘llaniladigan foydali hasharotlar
jumlasiga oltinko‘z, trixogramma va brakon kiradi.
24-rasm.
Yetti nuqtali xonqizi:
1—lichinkasi; 2—g‘umbagi; 3—voyaga yetgan bosqichi; 4—ikki nuqtali xonqizi;
5—yirtqich qandala-antokaris; 6, 7—vizilloq pashsha lichinkasi va voyaga
yetgan bosqichi; 8, 9, 10—oltinko‘z voyaga yetgan bosqichi, lichinkasi va barg
ustidagi tuxumlari; 11—taxin pashshasi; 12—mevaxo‘rning tuxumini
zararlayotgan trixogramma; 13—telenomus; 14—halqa i pak qurtining
tuxumidan chiqayotgan telenomuslar; 15—arvoh kapalagining g‘umbagini
zararlayotgan yaydoqchi; 16, 17—qora vizilloq qo‘ng‘iz va uning lichinkasi;
18, 19—yumshoq tanli qo‘ng‘iz va uning lichinkasi; 20—qizil ko‘krakli qo‘ng‘iz.
67
9.1. Xonqizilar oilasi
Bu oila vakillarining yer yuzida 4200 turi, O‘zbekistonda 106
turi tarqalgan. Shundan 80 ga yaqini foydali hasharotlar
hisoblanadi. Qo‘ng‘izlarining tanasi yarim shar shaklida bo‘ladi.
Tuxumlari sariq rangda, uzunchoq shaklli. Xonqizining urg‘ochisi
tuxumlarini o‘simlik bitlari to‘dasiga qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan
lichinkalar o‘simlik bitlari bilan yirtqichlik qilib oziqlanadi.
Lichinkasi oziqlanib bo‘lgandan so‘ng, tanasini keyingi qismi
bilan o‘simlik sirtiga yopishib g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan
voyaga yetgan qo‘ng‘izilar chiqadi va 10—12 kun o‘simlik bitlari
bilan qo‘shimcha oziqlanadi. Keyin juftlashib tuxum qo‘ya
boshlaydi. Bitta urg‘ochisi 250 tadan 2900 tagacha tuxum qo‘yishi
mumkin. Xonqizilar tog‘da voyaga yetgan hasharot (qo‘ng‘iz)
bosqichida qishlaydi. Xonqizilarning yetti nuqtali xonqizi, nuqtali
stetorus va o‘zgaruvchan xonqizi kabi turlari nihoyatda foydali
hisoblanadi.
Oltinko‘zlar. Ular to‘rqanotlilar turkumiga mansub. Qanotlari
kamalak rangda tovlanib turadi. Oltinko‘zlarning bir juft murakkab
yirik tillasimon ko‘zlari mavjud. Oddiy ko‘zlari yo‘q.
Oltinko‘zlarning tanasi yashil — sarg‘ish rangli bo‘ladi. Tuxumlari
oval shaklda bo‘lib, ularni uzun poyacha yordamida o‘simlik barg
va novdalariga yakka-yakka yoki to‘p-to‘p qilib qo‘yadi.
Lichinkalarining ko‘krak qismi enliroq bo‘lib, bosh va qorin
tomonga ingichkalashib boradi. Lichinkalarining ko‘krak qismida
3 juft haqiqiy oyoqlari mavjud.
O‘zbekistonda oltinko‘zlarning 11 turi ro‘yxatga olingan. Mazkur
turlardan oddiy oltinko‘z va yetti nuqtali oltinko‘z juda samarali
hisoblanadi.
Yetti nuqtali oltinko‘z lichinkalari rivojlanishi davomida 350
taga yaqin yetuk bosqichidagi va 650 ga yaqin lichinka bosqichidagi
o‘simlik bitlari bilan oziqlanadi.
Oddiy oltinko‘z lichinkasi ham yirtqichlik bilan hayot
kechiradi. U bir kecha-kunduzda 200 taga yaqin turli yoshdagi
o‘rgimchakkana, 800 donaga yaqin o‘rgimchakkana tuxumlari
va 50—60 tadan ortiq o‘simlik bitlari bilan oziqlanadi. Oddiy
oltinko‘z lichinkalari g‘o‘za tunlamining tuxum va yosh
lichinkalari hamda 70 ga yaqin turli bo‘g‘imoyoqlilar bilan
oziqlanadi.
68
Oddiy oltinko‘z mamlakatimiz biolaboratoriyalarida don kuyasi
tuxumlarida, mum parvonasi va sun’iy ozuqa muhitida ko‘paytiriladi.
Oltinko‘zni biolaboratoriyada yangi sun’iy ozuqada ko‘paytirish usuli
mamlakatimiz olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda
qo‘llanilmoqda.
Brakonoidlar. Bu oila vakillari parda qanotlilar turkumiga
mansub 5—15 mm kattalikdagi hasharotlar hisoblanadi.
K o ‘ p c h i l i k v a k i l l a r i q i s h l o q x o ‘ j a l i k o ‘ s i m l i k l a r i n i n g
zararkunandalarida tashqi va ichki parazitlik qilib hayot kechiradi.
Brakonoidlarga mansub brakon xebetor turi karadrina, beda
tunlami, makkajo‘xori kapalagi va g‘o‘za tunlami kabi
zararkunanda hasharotlari lichinkalarining paraziti hisoblanadi.
Mazkur brakon qizg‘ish-qoramtir rangda bo‘lib, tanasining
uzunligi 2—3 mm, qanotlarini yozganda esa 4—5 mm keladi.
Urg‘ochisining qorin bo‘limi oxirida nayzasi, ya’ni tuxum
qo‘ygichi mavjud. Shu tuxum qo‘ygichi yordamida zararkunanda
qurtlar tanasini teshadi va avval ularni falajlaydi. So‘ngra
zararkunanda lichinkasi tanasiga o‘rtacha 15—20 dona tuxum
qo‘yadi. Bir dona urg‘ochi brakon hayoti davomida 100 tadan
800 tagacha tuxum qo‘yadi. Brakon tuxumlaridan ko‘sak qurti
kabi zararkunanda hasharotlar lichinkasining tanasi ichida brakon
lichinkalari chiqib zararkunanda lichinkasining tanasi bilan so‘rib
oziqlanadi. Natijada zararkunanda lichinkalari butunlay nobud
bo‘ladi. Brakon lichinkalari zararkunanda lichinkasida voyaga yetib
o‘sha joyda g‘umbakka aylanadi. Bir yilda brakon 12 martagacha
avlod berib rivojlanadi. Brakonning rivojlanishi uchun
laboratoriyada optimal haroratni 27—32
0
C, havo namligini esa
80% saqlash zarur. Shunday sharoitda brakon 8—12 kunda to‘liq
rivojlanadi.
G‘o‘za tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi laboratoriya
sharoitida brakon, trixogramma va oltinko‘z mum parvonasining
qurtlarida ko‘paytiriladi.
Foydali hasharotlarni ko‘paytirish uchun avval mum parvonasi
ko‘paytirilib olinadi. Mum parvonasi kapalaklar turkumiga mansub
hasharot bo‘lib, undan laboratoriya sharoitida bir yilda 7—8 marta
avlod olish mumkin. Mum parvonasi tabiiy sharoitda esa 3—4 marta
avlod beradi.
Mum parvonasini laboratoriya sharoitida ko‘paytirish uchun
professor X. Kimsanboyev va boshqalar (1999) tavsiya etgan
ozuqalardan foydalanish mumkin.
69
Birinchi ozuqa — 1 kg bug‘doy uni, 2 kg shakar, 4,8 kg meva
qoqi, 1,8 l sut, 200 gr margarin, 200 gr qatiq aralashmasini
avtoklavda 40—45 daqiqa davomida 2 atm. bosimda pishirib olinadi.
Ikkinchi ozuqa — 2 kg shakar, 2 l sut, 5,8 kg makkajo‘xori
uni, 200 gr margarin aralashmasini avtoklavda 40—45 daqiqa
davomida 2 atm. bosimda pishirib olinadi.
Uchinchi ozuqa — 2 kg shakar, 3,8 l sut, 2,8 kg bug‘doy uni,
200 gr margarin, 200 gr qatiq aralashmasini avtoklavda 40—45
daqiqa davomida 2 atm. bosimda pishirib olinadi.
To‘rtinchi ozuqa — 200 gr olma qoqi, 200 gr o‘rik qoqi, 200
gr olxo‘ri qoqi, 300 gr shakar va 100 ml suv aralashmasi qaynatilib
qiyom tayyorlanadi.
3 litr hajmdagi shisha ballonlarga 100 grammdan 1-ozuqadan
va 50 grammdan meva qoqi solinadi. Ozuqa solingan ballonlarga
100 donadan katta yoshdagi mum parvonasining qurtlaridan
solinadi va idish og‘zi havo almashinadigan qilib mato bilan
berkitiladi. So‘ngra ballonlar ustidan namlangan mato yopiladi.
Ballonlarda kapalaklar paydo bo‘la boshlashi bilan har biriga
25 gramm asalari mumi yoki 25 gramm 2-ozuqadan solinadi.
Kapalaklar 8—10 kun davomida 2-ozuqaga yoki asalari mumiga
tuxum qo‘yadi. Qurtlar tuxumdan chiqmasdan oldin har bir
ballonga 25 grammdan 3-ozuqadan, so‘ngra esa har 3 kun
orasida jami to‘rt marta 50 grammdan 1-ozuqa beriladi. 25—
30 kun davomida qurtlar oziqlangach, ballonlar maxsus metall
idishlarga (sadoklarga) bo‘shatiladi. Har bir sadokka 5—6 dona
3 litrli ballondagi qurtlar bo‘shatiladi va har kuni 1—1,5 kg
3—ozuqa berib boriladi. Sadokdagi ozuqa ustki tomonidan qalin
mato bilan berkitiladi. Har kun sadok matosidan katta yoshdagi
qurtlar terib olinadi va brakon yoki oltinko‘z ko‘paytirish
uchun ishlatiladi.
Brakonni mum parvonasida ko‘paytirib olish uchun katta
yoshdagi qurtlar yig‘ib olinadi va har bir 3 litrli ballonga 400
donadan solinadi. Uning ustiga qurtlar o‘rnashib olishi uchun
bir necha marta buklangan (garmoshka qilingan) qog‘oz solinadi
va ballon og‘zi berkitiladi. Ballonlar qorong‘u joyda 4—5 soat
davomida saqlansa, qurtlar qog‘ozga o‘rnashib oladi. Ehtiyotlik
bilan qurtlar o‘rnashgan qog‘oz ballondan olinib, o‘rtacha
otalangan 200 dona urg‘ochi brakoni mavjud bo‘lgan ballonlarga
solinadi. Ballonlar 4 soat qorong‘uda saqlanadi. Bu davrda brakon
barcha mum parvonasi qurtlari tanasiga o‘z tuxumini joylashtiradi.
70
Zararlangan qurtlardan 8 kunda brakon uchib chiqadi. Brakonlar
boshqa ballonlarga yig‘ib olinadi. Brakon g‘o‘za tunlami (ko‘sak
qurti) qurtlariga qarshi 3 marta o‘n kundan oralatib 1:15, 1:10
va 1:5 nisbatda tarqatiladi. Bunda 1 soni brakon miqdori bo‘lsa,
15, 10 va 5 sonlari zararkunanda (ko‘sak qurti)ning miqdorini
bildiradi.
Oltinko‘z va trixogramma yetishtirish uchun mum
parvonasining tuxumini olish zarur bo‘ladi. Kapalaklar tuxum
qo‘yishi uchun maxsus tayoqchalar boylamidan foydalaniladi.
Savollar
Foydali hasharotlar qanday ahamiyatga ega?
Qanday foydali hasharotlarni bilasiz?
Respublikamiz biolaboratoriyalarida qaysi foydali hasharotlar
ko‘paytiriladi?
Foydali hasharotlarni ko‘paytirish uchun qanday ozuqalar
tayyorlanadi?
71
II QISM
1-BOB. Fitopatologiya fanining maqsadi va vazifasi
Fitopatologiya fani o‘simliklar kasalliklarining kelib chiqish
sabablarini aniqlash, ichki va tashqi belgilarining namoyon bo‘lish
qonuniyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash choralarini
o‘rgatadigan fandir.
Fitopatologiya fani kasallangan o‘simlikni har tomonlama
o‘rganib, patologik jarayoni natijasida unda vujudga keladigan tashqi
va ichki belgilarni, kasallikning kelib chiqish sabablarini,
tarqalishini, ekologik holatga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishini,
kasallikning keltiradigan iqtisodiy zararini, kasallikka o‘simlikning
immunitet xususiyatlarini, kasallikning kelib chiqishini oldindan
aniqlash va unga qarshi kurash choralarini belgilab, kasallangan
o‘simliklarni sog‘lomlashtirish yo‘llarini o‘rgatish asosida ulardan
mo‘l hosil olishni o‘rgatadi.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda bu fan quyidagi
bo‘limlardan to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi: diagnostika —
kasallikning tashqi va ichki belgilarini bilish asosida uni aniqlash;
etiologiya — kasallikning sabablarini aniqlash; profilaktika —
kasallikning oldini olish; terapiya — kasallangan o‘simliklarni
davolash.
Fitopatologiya fani o‘z taraqqiyoti davomida quyidagi ilmiy fanlar
tizimi negizida rivojlanmoqda: mikologiya (zamburug‘lar), qishloq
xo‘jalik bakteriologiyasi (bakteriyalar), fitovirusologiya (viruslar),
fitonemotodologiya (parazit nematodalar), fitopatogeniz (o‘simlik
va kasallik qo‘zg‘atuvchi orasidagi munosabat), patoanatomiya va
o‘simliklar fiziologiyasi (kasallangan o‘simlikda ro‘y beradigan
patologik va fiziologik o‘zgarishlar), fitoimmunologiya
(o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi), epifitologiya (kasallikning
hosil bo‘lish sabablari va uning keng tarqalishi), fitoprofilaktika
(kasallikdan kimyoviy, agrotexnik, fizik va biologik usulda himoya
qilish) va kasalliklar bilan kurashishni mexanizatsiyalash masalalari.
Bu fan kasallik qo‘zg‘atuvchisi va o‘simlik orasidagi
munosabatlarning nazariy asoslarini o‘rgatuvchi xususiy
fitopatalogiya hisoblanadi. Ya’ni, ma’lum turga mansub qishloq
72
xo‘jalik ekinlarida uchraydigan kasallik belgilarining namoyon
bo‘lishi, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning sistematik
o‘rnini, biologiyasini, infeksiya manbalarini aniqlash asosida, ularga
qarshi kurash choralarini o‘rganadi.
Fitopatologiya fanining maqsad va vazifalarini amalga oshishini
ta’minlashda O‘zbeksiton Respublikasida “Qishloq xo‘jalik
o‘simliklarini kasallik, hasharot va begona o‘tlardan himoya qilish
to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Unda o‘simliklarni himoya qilishga
aloqador vazirliklar, muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining kadrlar
tayyorlash borasidagi huquq va burchlari belgilab berilgan.
1.1. Fitopatologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Fitopatologiya fani tarixiy taraqqiyotida quyidagi umumbiologik
va qishloq xo‘jalik fanlari bilan uzviy bog‘langan. Patogen
mikroorganizmlar qatoriga zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar va
nemotodalar kirganligidan fitopatologiya fani bu
mikroorganizmlarning tuzilishini, tarqalishini, zararini va ularga
qarshi kurash choralarini o‘rganadigan mikologiya, bakteriologiya,
virusologiya va nemotodologiya fanlari bilan uzviy bog‘langan.
Kasallangan o‘simlik hujayra va to‘qimalarida va
mikroorganizmlarda ro‘y beradigan fiziologik va biokimyoviy
jarayonlarni mukammal o‘rganish maqsadida fiziologiya va biokimyo
fani yutuqlariga asoslanadi.
Ekinzorlarda yangi navlarning ekilishi, ular iqlimlashtirilgan
hududlarning kengayishi, ularni yetishtirish agrotexnikasini
takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan o‘simlikshunoslik fani
yutuqlariga asoslanishini taqozo qiladi.
O‘simliklar navlari to‘g‘risida fitopatologlar to‘plagan
ma’lumotlar seleksioner va genetiklarning kasalliklarga chidamli
ekin navlarini yaratishlarida muhim ahamiyatga ega.
Dehqonchilik, tuproqshunoslik, agrokimyo fanlari tavsiya
qiladigan ekinlarni ekish muddati, tuproqqa ishlov berish, o‘g‘it
qo‘llash, sug‘orish va almashlab ekish qoidalariga amal qilish
fitopatologlar nazoratida bo‘lishi kerak.
O‘simliklarni hasharotlardan himoya qilishda fitopatologlarning
entomologlar bilan yaqindan hamkorlik qilishi taqozo qilinadi.
O‘simliklarning kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
kimyoviy moddalar — fungitsidlar va ularga ishlov berish
mashinalaridan foydalanishda bu fan organik va anorganik kimyo
hamda mexanizatsiya fanlari bilan bog‘lanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari
73
kasalliklariga qarshi kurashda qo‘llaniladigan kurash choralarining
iqtisodiy, biologik samaradorligi iqtisodiyot va matematika fanlari
metodlari bilan hisoblab chiqiladi.
1.2. Fitopatologiya fanining vazifalari
Fitopatologiya fanining vazifasi — ekinzorlarda, bog‘larda,
parklarda, o‘rmonlarda, xiyobonlarda, yo‘l yoqalarida
yetishtirilayotgan daraxtlar, qishloq xo‘jalik ekinlarining
kasalliklarini o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqish, kasalliklar tufayli ularning hosildorligi kamayishini oldini
olish, kasallikning kelib chiqish sabablarining nazariy asoslarini
ma’lum ekologik sharoitga bog‘liqligini aniqlash va o‘simlikning
immunologik xususiyatlarini irsiy belgilariga bog‘lab
takomillashtirishni o‘rgatadi.
Qishloq xo‘jaligi xodimlari oldida turgan asosiy vazifa ekinlar
hosildorligini oshirish uchun ularning kasalliklariga qarshi samarali
kurash choralarini ishlab chiqarishdir. Buning uchun kasalliklarga
chidamli navlarni ekish, yuksak agrotexnika va fitosanitariya
qoidalariga amal qilishda ekologik zararsiz bo‘lgan qarshi kurash
usullarni qo‘llashni taqozo qiladi.
O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda ilmiy asoslangan
tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Respublika O‘rmonchilik ilmiy-
tadqiqot instituti, O‘zR O‘simliklarni himoya qilish instituti va
Qishloq xo‘jalik ilmiy ishlab chiqarish markazi, Respublika, viloyat
karantin stansiyalari, tadqiqot laboratoriyalari va kafedralar faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ilmiy xodimlar va mutaxassislar oldida turgan asosiy
vazifa, qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurashning texnik
va iqtisodiy samaradorligini oshirishdir. Eng muhimi kimyoviy kurash
choralarining inson salomatligiga, biosferaga salbiy ta’sirini nazorat
qilishdir.
Hozirgi ekologik holatda qishloq xo‘jaligidagi ilmiy-texnika
taraqqiyoti davrida o‘simliklarni himoya qilishning asosiy vazifasi
qishloq xo‘jaligidagi jadallashtirish jarayoni mexanizmini to‘g‘ri
tushungan holda mikroorganizmlar miqdori va ularning
xususiyatlarini tartibga solish asosida zararini kamaytirishdir.
Savollar
Fitopatologiya fanining maqsadi va vazifasi nima?
Fitopatologiya fani qanday fanlar bilan bog‘langan?
74
2-BOB. Fitopatologiya fanining rivojlanish tarixi
Barcha agrobiologik fanlar qatori fitopatologiya fani ham o‘z
taraqqiyotida fanlar rivojlanish qonuniyatlariga amal qilgan. Ya’ni,
insoniyat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonida
o‘simliklarning turli kasalliklardan nobud bo‘lganliklarini va hosil
sifatining pasayishini xis qilganlar. Ayniqsa, bu jarayon dehqonchilik
madaniyati past bo‘lgan va ob-havo sharoiti yomon yillarda yaqqol
ko‘zga tashlangan. Zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklar
to‘g‘risidagi ta’limotlar fan va texnika taraqqiyoti tarixi bilan uzviy
bog‘liqdir va dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi IV asrda
Teofrat tomonidan aytilgan. Bu fanning rivojlanishini quyidagi
davrlarga bo‘lish mumkin:
1 davr — 19-asr o‘rtalarigacha bo‘lgan muddatda, 1578-yil
golland botanigi K.Klauzis 200 turdagi zamburug‘lar atamalarini
chop ettiradi.
18-asr ikkinchi yarmida Person (1761—1838)
zamburug‘larning dastlabki tafsilotlarini ikki tomli asarida bayon
qilgan bo‘lsa (1801), keyinchalik shved botanigi E.Frisa (1832)
zamburug‘larning birinchi sistematikasini yaratadi.
Mikologiya fani rivojlanishining II davri 19-asr oxirigacha
bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda A-de Bari tomonidan
eksperemenal mikologiya fani asoslab berildi. U zamburug‘larni
o‘stirish va sof kulturasining oshishi usulini ishlab chiqdi.
M.S.Voronin tomonidan kungaboqar o‘simligining zang
kasalligi, mikoriza hosil qiluvchi zamburug‘lar biologiyasi va
kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar sistematikasi o‘rganilgan.
Bu davrda umumiy mikologiya, fitopatologiya fanlari paydo
Dostları ilə paylaş: |