ЁO’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta


Tabiatni muhofaza qilish aspektlari



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə8/17
tarix15.06.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#130699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Ekologiya va tabiatni muxofaza kilish Zokirov

Tabiatni muhofaza qilish aspektlari


Tabiatni muhofaza qilish aspektlari uzoq vaqt davomida tabiatni muhofaza qilish moddiy farovonlik to’gMsida g'amxo'rlik qilishdangina iborat bolib qolgan bo'lsa, endilikda tabiatni muhofaza qilish deganda keng va xilma-xil masalalar ko'zda tutilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning bir necha aspektlari bor:



  1. . Iqtisodiy,

  2. . Sog'lomlashtirish - gigiena

  3. . Tarbiyaviy

  4. . Estetik

  5. . Ilmiy aspektlar



IQTISODIY ASPEKT - o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham tabiatni muhofaza qilishning asosiy masalalaridir.Agar kishilar o'z hayotlarida tabiiy resurslarsiz yashay olganlarida edi, ularni muhofaza qilish hamda ratsional foydalanish to"g'risida bosh qotirishi shart emas edi. Hozirgi vaqtda turli xil tabiiy boyliklar, o'similk va hayvon resurslari, chuchuk suv, unumdor tuproq, mineral foydali qazilmalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganligidan tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy aspektlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

SOGLOMLASHTIRISH-GIGIENA ASPEKTI- tevarak atrofdagi muhitning kuchli ifloslanishi va meditsina fanining taraqqiy etishi munosabai bilan yaqin vaqtlardagina paydo bo'ldi. Tevarak atrofdagi muhitni toza holda saqlamasdan turib, kishilarning sog'ligi to'g'risida gamxo'rlik qilib bo'lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq- ovqat mahsulotlari kishilarning hayoti uchun zaruriy shartlardir. Xilma xil sanoat va qishloq xo'jalik chiqindilari, atom-vodorod qurollarining sinalishi natijasida muhitning ifloslanishi va zaharlanishi plenetamizning barcha kishilarini tashvishga solib qo'ydi. Fan texnika taraqqiyoti sharoitida bu aspekt juda muhimdir.


TARBIYAVIY ASPEKT - tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak atrofdagi dunyoni ehtiyot qilishga o'rgatish zarur. Haqiqatdan ham kishi tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lganda oliyjanob va xushfel bo'lib boradi Barcha tirik organizmlarga o’simlik va hayvonlarga daryo suvlarining beto'xtov oqib turishiga, moviy dengiz suviga va tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va extiyot qilish, yosh avlodlarning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak.
ESTETIK ASPEKT - kishilar har doim tabiatning go'zalligiga, chiroyli daraxtlar va hayvonlar, ajoyib sharsharalar, go'zal tog'lar, kishilarni maftun qiladigan yer osti g'orlarini ko’rib tabiatga maxliyo bo'lgan va sevgan. Kishi go'zallikka chanqoq. Tabiat bilan munosabatda paydo bolgan tuyg'ular, ilxomlanish, kishilarni ajoyib muzika asarlari va she'rlar yozishga va suratlar chizishga otlantirgan.
ILMIY ASPEKT - ko’pgina fan tarmoqlarining taraqqiy etishida katta ahamiyatga ega. Buning uchun ana shu yerda uchraydigan organizmlarni saqlab qolish zarur. Bularning hammasi tabiiy muhitga inson tomonidan qilinadigan o’zgarishlar qonuniyatlarini aniqlab olish va prognoz qilish hamda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha choralar ishlab chiqish uchun zarurdir.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1 .Tabiiy resurslar nima?
2.Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarni tushuntirib bering?
3.Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslarni farqlang? 4.Tabiatni muhofaza qilish aspektlarini tushuntiring?



Yüklə 343,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin