3
DEFORMATSION (PRUJINALI) MANOMETRLAR
Deformatsion (prujinali) manometrlarning ishlashi moddaning о'lchanayotgan
bosimi bilan sezgir elementlar deformatsiyalanishi (egilishi) natijasida hosil bo'lgan
kuch bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Chiziqli, burchak ko'rinishidagi
deformatsiyalar asbobning ko'rsatuvchi yoki qayd etuvchi qismiga uzatiladi. Sh u bilan
bir qatorda bu o'zgarish masofaga uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik signalga
aylantirilishi mumkin.
Bu manometrlarda sezgir element sifatida bir va ko'p o'ramli prujinalar, egiluvchan
membranalar va silfonlardan foydalaniladi (41- rasm).
Bir va ko'p o'ramli manometrlarda (41 - a, b rasm) o'lchanayotgan bosim
trubkaning (prujinaning) qo'zg'almas qismi orqali uning ichki yuzasiga uzatiladi.
Prujinaning ikkinchi uchi esa kavsharlangan bo'lib, ko'rsatish sistemasi bilan ulanadi.
Prujinalar latun va boshqa mis qotishmalaridan tayyorlanadi. Yuqori bosimlarni o'lchash
uchun esa ular xromel-nikelli po'latlardan tayyorlanadi. Prujinaning ko'ndalang kesimi
ellips ko'rinishida bo'lib, uning katta o'qi prujina o'ramlari yuzasiga perpendikulyardir.
Bosim oshishi bilan prujinaning ko'ndalang kesimi aylana shaklini egallashga
intilib, ellipsning kichik o'qi kattalashadi va uning burilish burchagi kamayadi
(kichrayadi). Prujinali manometrning shkalasi bir xil o'lchamda bo'lgani uchun, prujina
berilayotgan kuchlanish va deformatsiya oralig'ida proporsional holatda ishlaydi. Bir
o'ramli prujina erkin uchining qo'zg'alishi 5...8 mm dan oshmaydi. Shuning uchun
manometrlarda ko'rsatgichning burilish burchagini oshirish maqsadida tishli yoki
richagli uzatish mexanizmi qo'llaniladi.
Bir o'ramli prujinali manometrlar namunaviy, nazorat qiluvchi va texnik asboblar
sifatida tayyorlanadi. Aniqlik toifa (klass) lari 0,2 dan 4,0 gacha bo'lib, 100 kPa d an
1000 MPa gacha o'lchash chegarasiga ega.
Ko'p o'ramli trubkali prujina ketma - ket ulangan bir nechta bir o'ramli
prujinalardan tashkil topgan bo'lib, shuning hisobiga erkin uchi ma'lum miqdorda
ko'proq qo'zg'alib, qisman kuchlanish hosil qiladi. Shuning uchun ko'p o'ramli prujinalar
qayd qiluvchi manometrlarda keng qo'llaniladi. Keyingi paytlarda yuqori o'lchash
chegarasi 160 MPa ga teng bo'lgan manometrlar ishlab chiqarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |