222
13.2-rasm. Raqobat klassifikatsiyasi
19
•
Intensivlik darajasi bo‘yicha
1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub’ekti mazkur segmentda oldingi
segmentdagiga nisbatan ko‘proq foyda oladi;
2.Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar
bozorida raqobatni ushlab
turadi;
3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir-birini
bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi.
•
Ehtiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha:
1.Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o‘zaro
bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o‘rtasida
raqobat gazli suv ishlab
chiqarish, kvas ishlab chiqarish, sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil
maxsulotlar bitta va o‘sha o‘sha ehtiyojni qondiradi, ya’ni chanqoqni qondiradi.
2.Tur raqobat – mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur
raqobat bitta maqsadga yo‘naltirilgan lekin bir-biri bilan
uncha katta farqga ega
bo‘lmagan o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o‘rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar
aniq bo‘lishi mumkin va iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o‘ynashi
mumkin. Masalan: tur raqobat analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini
19
Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 2013 й. 252 бет.
Raqobat
Ehtiyojlarni qondirish shakli bo’yicha
Ta’sir qilish usullari bo’yicha
Intensivlik darajasi bo‘yicha
Yo’nalishi bo’yicha
223
keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo‘yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha
firmalar faoliyatida amaliyotda ko‘p uchraydi.
3. Predmet raqobati – bu raqobatda bir-xil
tovar ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman
bo‘lmasligi mumkin yoki minimal bo‘lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga
ko‘ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e’tiborini qaratadi. Predmet
raqobati juda qattiq bo‘lishi mumkin. Chunki ishlab chiqaruvchilar raqobatchining
bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha bo‘lishi mumkin.
Narxdan tortib
reklamagacha shuningdek shavqatsiz raqobatgacha bo‘lishi mumkin.
Xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha F. Kotler 4 ta turini ko‘rsatib beradi
20
.
Mazmunan extiyojni qondirish shakliga o‘xshash bo‘ladi.
1. Savdo markalari raqobati
2. Tarmoq raqobati
3. Formal raqobat
4. Umumiy raqobat
Savdo markalari raqobati oldingi klassifikatsiyadagi predmet raqobatiga
o‘xshash bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘proq bir-xil ishlab chiqarish o‘xshash tovarlar va
bir-xil maqsadga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kuzatiladi.
Tarmoq raqobati-tur raqobatiga o‘xshash bo‘lib, bir-xil tovarlar ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi tur raqobatiga to‘g‘ri keladi.
Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lib bitta
va o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgandir. O‘z o‘rnida
funksional raqobatga
to‘g‘ri keladi.
Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari barchasi
o‘rtasidagi raqobat kuzatiladi.
•
Ta’sir qilish usullari bo‘yicha:
1. Narxli raqobat
2. Narxsiz raqobat
20
Котлер Ф. и др. Основы маркетинга. – М.: ООО “И.Д.Вильямс”, 2012. – 317 с.
224
Narxli raqobat-xaridorlarni o‘ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi.
Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli
raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi
rivojlangan bosqichida
narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya
qo‘llab lider qilolmaydi.
Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar
hisobiga kurash olib borishni talab etadi.
Bundan tashqari raqobat yuzaga kelish darajasi bo‘yicha makroiqtisodiy, mezo
va nano iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha farqlanadi.
Raqobatning turlanishi 13.3-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: