236
kuchayadi.
•
Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste’molidan uncha katta bo‘lmagan
boshqasiga o‘tayotganda raqobat kuchayadi.
•
Qachon bitta yoki bir necha firmalar o‘zining bozor ulushidan qoniqmagan
bo‘lsa raqobat kuchayadi.
•
Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning o‘sishi bilan proporsional
holda raqobat kuchayadi.
•
Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta bo‘lganda to‘siqlar
yuqori
bo‘lganda raqobat kuchayadi.
•
Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy
xususiyatlar, firma missiyalari
yuqori darajada farq qiladagan bo‘lsa raqobatning borishini aytish mumkin.
Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning
raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi
tarmoqdagi
holatga
va
uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning
raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga
bevosita
ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va
korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular
tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi.
Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
•
mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;
•
kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi;
•
mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga
solinishi;
•
jamiyat va bozorlarning ochiqligi;
•
mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;
•
standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining
xalqaro tizim bilan
uyg‘unlashuvi;
•
fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llab-
quvvatlanishi;
237
•
mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;
•
mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integratsiyalashuvning
yuqori darajasi;
•
mamlakatda past soliq stavkalari;
•
qulay va arzon resurslarning mavjudligi;
•
mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli
tizimi va boshqalar.
Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:
•
tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;
•
jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi;
•
boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy-uslubiy asosi;
•
etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;
•
sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining
mavjudligi;
•
resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish
ishlarining
bajarilishi;
•
tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar,
axborot tizimlari va h.k.);
•
menejerlarning raqobatbardoshligi;
•
tovarning eksklyuzivligi;
•
ko‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;
•
raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‘i va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: