243
Bundan kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash muhim strategik qarordir. Firma
mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o‘z raqobat sharoitini anchagina
yaxshilab olishi mumkin.
Ta’minotchilarning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati shundan
iboratki, ular o‘z ta’minoti uchun narxni oshirishi, ma’lum mijozga etkazib beradigan
tovarlar sifatini pasaytirish yoki hajmini chegaralash imkoniyatiga ega. SHu yo‘l
bilan kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin.
Ta’minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharoitlar quyidagilardir:
•
ta’minotchilar guruhi mijozlar guruhiga qaraganda ko‘proq markazlashgan;
•
ta’minotchilar o‘rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar;
•
firma ta’minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi;
•
tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Raqobatchi kuchlarni tahlil qilishni yakunlar ekanmiz, shuni ham qayd qilib
o‘tish mumkinki, bozor kuchi va potensial daromad bozordagi vaziyatga qarab juda
keng diapazonda o‘zgarib turishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: