245
Qanot hujumi - bu raqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo‘naltirilgan
bo‘lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga
asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini saqlab
qolish uchun yo‘naltiradi, masalan sifati bo‘yicha sardorlik (liderlik) pozitsiyasini
saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa o‘z faoliyatida kuchsiz joylarga ega bo‘lishi
mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamit berishmaydi. Ushbu
strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam resurslarga ega bo‘lsa yaxshi
natija berishi mumkin. U ko‘pincha raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi.
O‘rab olish orqali hujum - bu raqobatchini barcha pozitsiyalarga birdaniga
hujum qilinib, uni bir vaqtning o‘zida hamma yo‘nalishdar bo‘yicha mudofaa olib
borishga majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo‘lganda
qo‘llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini emirilishiga
imkoniyat yaratadi. U Kuyidagi variantlarida amalga oshirishi mumkin, ya’ni
mahsulot modifikatsiyasi (turlari) sonini ancha ko‘paytirib, raqobatchi harakat
qilayotgan barcha bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi.
Chetlab o‘tish hujumi - bu tug‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan hujum turi bo‘lib,
ko‘pincha quyidagi yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi: ushbu korxona uchun
mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi
geografik bozorlarni o‘zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, bozor
da’vogari uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka
erishilgandan so‘ng esa, raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida hujum
uyushtiriladi.
Dostları ilə paylaş: