299
qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining
uni sotib olish
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4)
korxonaning milliy va jahon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofiqligining
muhim ko‘rsatkichi.
Firmaning marketing muhiti
- firmadan tashqarida faoliyat ko‘rsatuvchi
hamda marketing xizmati rahbariyatining maqsadli mijozlar (hamkorlar)
bilan
muvaffaqiyatli hamkorlik munosabatlari o‘rnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va
mikromuhitdan tarkib topadi.
Xizmat
- 1) bozorga kirib keluvchi, narsa ko‘rinishiga ega bo‘lmaydigan
iste’mol
qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyat
yoki ne’matlar turi.
Elektron tijorat
- elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni
sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya
- mavjud mahsulotlarni korxonaning
ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib
tashlash;
tovar
ishlab
chiqarishni
to‘xtatish; tovarni bozordan
raqobatbardoshligi va talabni yo‘qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni
eliminatsiya qilish zarurligini
tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi,
hayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi,
rentabelligi, kapital
aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar qo‘llanadi.
Yangi tovarni ishlab chiqish
- korxonaning o‘z kuchi bilan IITKI o‘tkazish
asosida
original, sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulotlarni yaratish
jarayoni. Bu jarayon odatda g‘oyalarni ishlab chiqish, tanlash,
yangi tovar
konsepsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab
chiqish,
biznes tahlili, yangi mahsulotni ishlab chiqish, sinov marketingi va
tijoratlantirishdan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: