298
uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri
uzunligini va korxonaning
rentabelligini ta’minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o‘ringa ega. O‘z ichiga
mahsulotni differensiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2)
bozorga yangi
mahsulotni yoki mahsulotlar guruhini olib kirish.
Tovar
siyosati
- tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga
yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar
yoki tovarlar guruhini
bozorga
olib
kirish
(innovatsiya),
bozorda
mavjud
bo‘lgan tovarlarni
zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya),
shuningdek, assortiment siyosatidan
iborat.
Tovar strategiyalari
- 1) tovar siyosatining
korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‘lishini
ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar strategiyasining
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar
nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning
samarali faoliyat ko‘rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash
uchun sharoitlar
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
Tovarni bozorda joylashtirish
- tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini
ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini
ishlab chiqish uchun amalga
oshiriluvchi harakatlar.
Tovarning hayotiylik davri
- tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to
bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt
davri; sotuvchining har bir bosqichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq bo‘ladi.
Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko‘rsatiladi:
tovarni
ishlab chiqish (bozorgacha)
bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi,
tovarni sotish hajmining o‘sish bosqichi, etuklik (to‘yinganlik) bosqichi, tovarning
susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi.
Dostları ilə paylaş: