32
Zamonaviy marketingni davri o‘tgan asrning 1995 yillaridan boshlandi. SHu
davrdan boshlab marketing – murakkab ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida
o‘rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda AQSH va rivojlangan mamlakatlarda
marketing masalalari
bo‘yicha juda ko‘p tadqiqot firmalari faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, marketing
muammolarini tadqiq qilishni tijorat boshqaruvi asosida universitetlar ham, savdo-
sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari ham shug‘ullana boshladi.
1972 yilda F. Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini
asoslab beradi. 1976 yilda Shelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni haqida ilm
hisoblanishini ko‘rsatdi.
XX asrning
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni
globallashtirish
jarayoni kuzatildi. SHuningdek, 1990 yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida
«Marketing – bu hamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global
marketing bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib
bermoqda. Bu jahonning barcha rivojlangan davlatlarida kuzatilmoqda. Tez
o‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab
chiqarish yuksak
darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga
mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim
«so‘qmoq»larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga etdiki, bir bozorning oraliq
segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada
bozor raqobati yanada
shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning
yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi.
Tovarning «hayotiy sikli» misli ko‘rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda
etakchi yapon elektron firmalari bozorga o‘rtacha har uch oyda bir marta
mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi
ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub
tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga
33
dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan qo‘shimcha servis
xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina qolmay, ayni
paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil ko‘paytirish
sohalariga
ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi
tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi xaridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni
hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning
omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, kon’yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa
axborotlarni o‘z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan
foydalanish natijasida
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: