Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172
Marketing

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketingni mazmun mohiyati nimalardan iborat? 
2. Zamonaviy marketing tushunchasini izohlab bering? 
3. Marketingni asosiy kategoriyalari nimalardan iborat? 
4. Bozor elementlariga nimalar kiradi? 
5. Marketing elementlari tarkibiga nimalar kiradi? 
6. O‘zbekistonda marketingni rivojlanishi va qo‘llanilishi haqida nimalarni 
bilasiz? 
7. Muhtojlik deganda nimani tushunasiz? 
8. Ehtiyoj deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 


30 
2-BOB. MARKETINGNI RIVOJLANISH EVOLYUSIYASI VA 
KONSEPSIYASI 
 
2.1.Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari 
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil 
etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan 
bog‘lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) 
universitetlarida 
marketing 
muammolari bo‘yicha («Tovarlar marketingi», 
«Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila 
boshladi. 
1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, 
keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 
yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma 
va tashkilotlar G‘arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo‘ldi. 
Xalqaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari 
jamiyati, Xalqaro marketing federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga 
o‘xshashlar yuzaga keldi. 
O‘tgan asrning
60-yillar o‘rtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining 
barchasi o‘z xo‘jalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini qo‘llay boshladi. 
G‘arbiy Evropa va Yaponiyada marketing g‘oyalari AQSHga qaraganda sustroq joriy 
qilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan 
o‘zlashtirishga kirishdilar va bunda muhim yutuqlarga erishdilar.
Amerika modeli bo‘yicha marketing faoliyati birinchi navbatda korxonani 
maqsad va vazifalariga erishishga qaratiladi hamda ikkinchi navbatda esa 
iste’molchilarni ehtiyojini qondirishga qaratiladi. 
Yapon modeli bo‘yicha marketing faoliyati eng avvalo iste’molchilarni hohish – 
ehtiyojini qondirishi kerak. 
Yapon marketingining asosiy maqsadi – iste’molchiga xizmat qilish, Amerika 
marketingi uchun esa, maqsadga erishish uchun hamma vositalardan foydalanish 
mumkin. 


31 
Bular haqida 2.1-jadvalda to‘liq tanishib chiqish mumkin. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin