Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   172
Marketing

3.4.Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki 
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta’sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa 
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? 
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni 
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va 
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, 
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga 
imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha 
strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos 
keluvchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz. 
1.
Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va 
undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo‘ladi. Marketing xizmatlarining 
vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni 
mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni 
o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir. 
2.
Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor 
bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga 
nisbatan qiziqish uyg‘otishdir. 
3.
Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va 
xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar. Bu holda 
marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga 
qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat. 


58 
4.
Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir 
necha tovariga bo‘lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda 
kon’yunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar 
topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada samarali aloqalar 
(kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar etkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi 
aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini 
olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir. 
5.
Doimiy bo‘lgan talab. Ko‘pchilik korxonalarda tovar etkazib berish 
mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy 
fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammosini tug‘diradi. Masalan, jamoa 
transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p bo‘ladi. 
Bu vaziyatda marketingning vazifasi - o‘zgaruvchan (egiluvchan) narxlar yordamida, 
rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha 
tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim. 
6.
To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo tushumlaridan, 
foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi 
iste’molchilarning tovarni ustun ko‘rishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan 
talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida tovar 
sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni 
qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi. 
7.
Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin 
bo‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi - 
talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir. Bu 
vaziyatda 
narxlarni 
ko‘tarish 
orqali, 
talabni 
qisqartirishga 
qaratilgan 
rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari 
yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning 
maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini 
pasaytirishdan iborat. 
8.
Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‘liqqa 
zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, tamaki 


59 
mahsulotlari, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o‘tkaziladi. 
Marketingni vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni 
ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o‘z 
odatlaridan voz kechishga ishontirish. 
Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu holatlarning har 
biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin