Ikkinchi
guruh
- har bir mamlakatdagi o‘rtacha daromad egalaridir, ularning
soni juda ko‘p, garchi bu guruh ichida yana o‘ziga xos tabaqalanish bo‘lsada,
umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi
tovarlarning asosiy xaridorlari shular hisoblanadi.
Uchinchi
guruh
- bir shaxs hisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan
iborat. Ular aksariyat hollarda ijtimoiy ta’minotning turli ko‘rinishlaridan
foydalanadilar, o‘z daromadlarining 80 % iga yaqinini asosiy ehtiyojlarni qondirishga
sarflaydilar.
Amaliyotda yosh mezonidan ham keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda
bozorning eng yuqori sektoriga aylangan yoshlar sektori xuddi shu mezonga
asoslangan va bu sektor bozorda o‘z ishtiroki uchun kurash olib borayotgan juda ko‘p
korxonalar diqqat-e’tiborida turadi. Jins masalasi bozorni tabiiy ravishda
segmentasiyalashning asosiy omili hisoblanadi. Ayollarning erkaklarga qaraganda
boshqacha o‘z ehtiyojlari bor, ular marketing strategiyasi vositalariga ham turlicha
munosabatda bo‘ladilar, shu sababli odatda bozorda ayollar sektori ajralib turadi,
kiyim-kechak, poyafzal, kosmetika bozorlarida bu sektorning o‘rni ayniqsa katta.
136
Bozorni tadqiq etishda ko‘proq makon omili e’tiborga olinadi, demak, iste’molchilar
xulqi, hatti-harakatlari, muayyan hududlar (katta shaharlar, sanoat markazi,
shuningdek tumanlar)ga mansub bo‘lishini ko‘rsatadigan ta’sir o‘rganiladi. Tumanlar
o‘rtasidagi ijtimoiy farqlar iqtisodiyot rivojlanishiga qarab yo‘qolib borishi, saqlanib
qolishi yoki hatto kuchayib ketishi ham mumkin. Bu farqlar tabiiy va jamg‘arilgan
resurslar, shuningdek ishchi kuchi resurslari bilan bog‘langan, urbanizatsiya
jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan tegishli asosiy fondlar bilan belgilanadi. Farqlarni
keltirib chiqaradigan yana bir omil - bu fan va san’at markazlarining mavjudligi va
ularning kengayib borishi hisoblanadi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga
ta’siri hamma joyda yuqori kadrlanadi. Marketing faoliyatida bu jihatlardan tashqari
yana oila hayotiylik davri deb atalmish hodisaga asoslanadigan segmentlash ham
mavjud, ya’ni davr bosqichlariga qarab oilada o‘ziga xos ehtiyojlar va daromad hajmi
vujudga keladi
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bozorni segmentlarga ajratish va kishilarni
guruhlar bo‘yicha o‘rganish o‘z-o‘zidan xech narsa bermaydi, chunki har bir kishi bir
guruh emas, balki ko‘proq guruh a’zosi hisoblanadi. J. Karver bu muammoni
shunday bayon etadi: «O‘rta iste’molchi» tushunchasi xato, chunki faqat takror-takror
tasnif natijasigina guruhiy o‘xshashliklarni aniqlash mumkin, daromadlar darajasi,
irq, millat, e’tiqod va shu kabi har qanday mezonlar bilan qo‘shilgandagina ahamiyat
kasb etadi. Masalan, millat mezonini uning atrofidagi masalalar kompleksidan ajratib
olinadigan bo‘lsa, iste’molchi odatlarini tahlil qilishda uning salmog‘i yo‘qolib
boradi. Uning o‘zi yonma-yon turadigan daromadlar, narxlar va boshqalar darajasi
mezonlari bilan birgalikda olinganda bu mezon muhit ta’siriga ega bo‘ladi. Bozorni
segmentlarga ajratish xaridorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash masalasini hal
etishning ideal vositasi bo‘la olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul
ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.
Iste’mol bozori va texnik-ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulot bozorlarini
segmentlash, xaridorning sifat marka, narx, reklama, tovar harakati shartlari saqlash
haqidagi fikrlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Bozorning tovar bo‘yicha
segmentlanishi raqobatchilar uchun sirli bo‘lgan tovar o‘lchamlarini, bu sohadagi
137
raqobatchilar faoliyati va yutuqlarini sonini aniqlash imkoniyatini kompaniya va
firmalarga beradi. Bozor tovarlar bo‘yicha segmentlanganda, shu tovar
foydalanuvchilarning guruhi, ularning yo‘nalishlari, foydalanish maqsadlari, nisbatan
ahamiyatli parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Bozorda iste’molchi o‘zini qanday tutishi, avvalo, uning tovar, narx haqidagi
tasavvuri, moliyaviy imkoniyatlari, didi, bilim darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Narx
to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda sotuvchining xulq-atvori o‘z faoliyatidan
kutiladigan samara; vositalar aylanmasi, foydali savdo chegirishlari va assortiment
samarasiga bog‘liq bo‘ladi. Raqobatchilar xulq-atvori ishlab chiqarilayotgan
tovarlarga narxlarda, yangi tovarlar chiqarish va ularni sifatini yaxshilashda
ifodalanadi. Marketingda xaridorlarni segmentasiyasida ishlab chiqarish vositalari va
iste’mol bozorida ikki xil yondashuv bor. Chunki bu ikki xil bozordagi xaridorlarning
xulq-atvorlari ham har xildir.
Ishlab chiqarish vositalari xaridorlar ma’lum bir tovarni korxona faoliyatini va
bozorni chuqur tahlil qilib, savdodan keladigan nafni aniq bilganlaridan keyingina
sotib oladilar. Iste’mol buyumlari xaridorlari segmentasiya belgilari juda xilma-xildir,
bu belgilarni tanlash jarayoni juda murakkabdir.
Geografik belgilar o‘zi ma’muriy chegaralanishini, erni holatiga qarab
bo‘linishini, iklimiy bo‘linishlarni o‘z ichiga kiritadi. Masalan, xaridor qaysi
ma’muriy hududiy chegarada ko‘proq joylashgan. Respublikamizda 13 ta hududiy
bo‘linmalar bor. Bu bo‘linmalar bir-biridan aholini zichligi, soni va ijtimoiy-iqtisodiy
darajasi bo‘yicha farq qiladi. Aholining ham sotib olish imkoniyatlari har xildir.
Shuningdek, bu hududiy bo‘linmalar erning holatiga qarab ham bir necha guruhlarga
bo‘linishi mumkin. Masalan, serhosil, sersuv vodiylar, yangi o‘zlashtirilgan erlar,
dasht, cho‘l,
yarim cho‘l zonalari. Xaridorlarni segmentlarga bo‘lishda
respublikamizda hisobga olinishi zarur bo‘lgan belgilardan yana biri, aholini
urbanizatsiya darajasidir. YAna hozirgi vaqtda respublika aholisining faqat 40-45 %
igina shaharlarda yashaydi, qolgan 55-60 % aholi esa qishloqlarda yashaydi. Bu esa
aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarining xususiyatini aniqlashga ta’sir qiladi.
138
Demografik ko‘rsatkichlar ham iste’mol buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni
shakllanishiga katta ta’sir etadigan faoliyatlardan hisoblanadi. CHunki xaridorlarning
yoshi o‘zgarishi bilan tovarlarga munosabati o‘zgaradi. Respublikamizda olib
borilayotgan marketing faoliyatlarida aholi asosan 5 guruhga bo‘linadi:
*
maktab yoshigacha;
*
maktab yoshida;
*
18-30 yoshgacha;
*
30-50 yoshgacha;
*
50 yosh va undan kattalar.
Bu bo‘linish respublikamiz aholisini ilmiy-psihologik xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Iste’mol buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllanishida mamlakatdagi
oilalarni katta-kichikligi muhim ahamiyatga ega. Marketingda asosan mamlakat
aholisi oilasining soni bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi: 1-2 kishi, 3-4 kish, 5 va undan
yuqoriroq. Bu bo‘linish ko‘pgina mamlakatlarda qabul qilingan.
Marketingni boshqarishda alohida e’tibor berilayotgan segmentasiya belgisi - bu
xaridorni sotib olishdagi xulq-atvoridagi belgilari hisoblanadi. Filipp Kotler o‘zining
kitobida bir necha belgilarni ko‘rsatib o‘tadi. Ular quyidagilar:
Tovarni sotib olish sababiga ko‘ra doimiy, alohida sabablarga ko‘ra.
Sotib olishdan manfaatiga ko‘ra: sifati, xizmat ko‘rsatish turlari, iqtisod qilish
uchun.
Foydalanuvchi sifatidagi o‘rniga qarab:
*
foydalanmaydigan;
*
oldin foydalangan;
*
doimiy foydalanuvchi;
*
yangi foydalanuvchi;
*
endi foydalanmoqchi bo‘lgan;
*
tovarlarga bo‘lgan munosabatga qarab.
Yuqorida aytib o‘tilgan belgilar xaridorni xarakterini to‘la-to‘kis ochib berishga,
uni tovarga bo‘lgan munosabati va sotib olish imkoniyatini aniqlashga imkoniyatini
aniqlashga yordam beradi.
|