Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


-rasm. Bozor raqobati yuzaga keltiruvchi omillar



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172
Marketing

13.1-rasm. Bozor raqobati yuzaga keltiruvchi omillar
18
 
Iste’molchilar doirasining cheklanganligida bozor talabining hajmi va ularning 
xarajatlarining ulushi; resurslarning cheklanganligida esa moliyaviy mablag‘lar, 
mahsulotning etishmaslik darajasi, yangi texnologiyalarni kiritish, yuqori malakali 
kadrlarning etishmasligi kabilar; mahsulotlarni siljitishda bozorning turi va 
raqobatning ta’sirlanish bo‘yicha turi hisobga olinadi. 
 
13.2. Raqobat turlari va shakllari 
Raqobat intensivlik darajasi bo‘yicha, ehtiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha, 
xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha va ta’sir qilish usullari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. 
Raqobat klassifikatsiyasi quyidagi rasmda aks ettirilgan: 
18
Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 2013 й. 252 бет. 
Iste’molchilar 
doirasining 
cheklanganligi 
Resurslarning 
cheklanganligi 
О 
М 





Mahsulotlarni 
siljitishdagi 
cheklanganlik 
Talabining hajmi 
Iste’molchilar xarajatlarining 
tuzulishidagi ulushi 
Moliyaviy resurslarga egalik 
Mahsulotning tanqislik darajasi 
Texnologiyalarni qo’lga kiritish tanqislik 
darajasi 
Mutaxassislarning kamyobligi 
Bozor tuzilmasining turi 
Raqobatli ta’sirlanish turi 


222 
13.2-rasm. Raqobat klassifikatsiyasi
19
 

Intensivlik darajasi bo‘yicha 
1.Jalb etuvchi raqobat – raqobat sub’ekti mazkur segmentda oldingi 
segmentdagiga nisbatan ko‘proq foyda oladi; 
2.Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab 
turadi; 
3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv ,raqobatchilar bir-birini 
bozordan siqib chiqarishga ,ulushini tortib olishga harakat qiladi. 

Ehtiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha: 
1.Funksional raqobat –bu raqobatning shunday turiki turli xil tovarlar o‘zaro 
bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o‘rtasida raqobat gazli suv ishlab 
chiqarish, kvas ishlab chiqarish, sok ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil 
maxsulotlar bitta va o‘sha o‘sha ehtiyojni qondiradi, ya’ni chanqoqni qondiradi. 
2.Tur raqobat – mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur 
raqobat bitta maqsadga yo‘naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega 
bo‘lmagan o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o‘rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar 
aniq bo‘lishi mumkin va iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o‘ynashi 
mumkin. Masalan: tur raqobat analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini 
19
Эргашходжаева Ш.Д. Халқаро рақобат. Ўқув қўлланма. Т.: ТДИУ, 2013 й. 252 бет.
Raqobat 
Ehtiyojlarni qondirish shakli bo’yicha 
Ta’sir qilish usullari bo’yicha 
Intensivlik darajasi bo‘yicha 
Yo’nalishi bo’yicha 


223 
keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo‘yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha 
firmalar faoliyatida amaliyotda ko‘p uchraydi.
3. Predmet raqobati – bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman 
bo‘lmasligi mumkin yoki minimal bo‘lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga 
ko‘ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e’tiborini qaratadi. Predmet 
raqobati juda qattiq bo‘lishi mumkin. Chunki ishlab chiqaruvchilar raqobatchining 
bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha bo‘lishi mumkin. Narxdan tortib 
reklamagacha shuningdek shavqatsiz raqobatgacha bo‘lishi mumkin. 
Xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha F. Kotler 4 ta turini ko‘rsatib beradi
20

Mazmunan extiyojni qondirish shakliga o‘xshash bo‘ladi. 
1. Savdo markalari raqobati 
2. Tarmoq raqobati 
3. Formal raqobat 
4. Umumiy raqobat 
Savdo markalari raqobati oldingi klassifikatsiyadagi predmet raqobatiga 
o‘xshash bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘proq bir-xil ishlab chiqarish o‘xshash tovarlar va 
bir-xil maqsadga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kuzatiladi.
Tarmoq raqobati-tur raqobatiga o‘xshash bo‘lib, bir-xil tovarlar ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasidagi tur raqobatiga to‘g‘ri keladi. 
Formal raqobat-turli xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lib bitta 
va o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgandir. O‘z o‘rnida funksional raqobatga 
to‘g‘ri keladi. 
Umumiy raqobat-bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari barchasi 
o‘rtasidagi raqobat kuzatiladi. 

Ta’sir qilish usullari bo‘yicha:
1. Narxli raqobat 
2. Narxsiz raqobat 
20
Котлер Ф. и др. Основы маркетинга. – М.: ООО “И.Д.Вильямс”, 2012. – 317 с. 


224 
Narxli raqobat-xaridorlarni o‘ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. 
Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli 
raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichida 
narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya 
qo‘llab lider qilolmaydi. 
Narxsiz raqobat-narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar 
hisobiga kurash olib borishni talab etadi. 
Bundan tashqari raqobat yuzaga kelish darajasi bo‘yicha makroiqtisodiy, mezo 
va nano iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha farqlanadi. 
Raqobatning turlanishi 13.3-rasmda keltirilgan. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin