235
Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona
raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat
unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko‘paytirish va mehnatkashlarning
ehtiyojini qondirishga imkon beradi. Tovar sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona
va uning bo‘limlarining muhim vazifasidir. Reslublikamizda ishlab chiqarilayotgan
tovarlar jahon standartlari talablarini qondira olishi zarur. Mashina va
mexanizmlarning texnikaviy darajasini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan va texnika
yutuqlarini tobora kengroq, qo‘llashning asosidir.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 13.8-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: