239
yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta’sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi firma
uchun uncha qat’iy bo‘lmagan sharoitdir.
•
Maxsulot differensiatsiyasi
•
Nisbatan yuqori xarajatlar
•
Kapitalga ehtiyoj
•
Taqsimot kanallari.
Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta
emas.Bu shu bilan tushuntiriladiki,bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi
uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori to‘siqlar
bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va
uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan
raqobatdan qo‘rqmaydi.
Ikkinchi kuch
ta’minotchilarni bozor kuchi.
U ular taklif etayotgan tovarlavr yoki xizmatlarni narxini va sifatini o‘zgarishi
imkoniyati bilan ifodalanadi.
Ta’minotchilar imkoniyatini raqobatga ta’sirini ta’minlaydigan bir qator omillar
ajratiladi:
•
Agar tarmoqda uncha ko‘p sonli bo‘lmagan kompaniyalar bo‘lsa va ular
cheklangan sonli xom-ashyo ta’minotchilari bilan ishlasa, ularning raqobat holatiga
ta’siri aniq bo‘ladi;
•
Agar maxsulot nodir bo‘lsa, ta’minotchi tarmoqdagi raqobatga ta’sir
ko‘rsatadi;
•
Ta’minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etishi mumkin;
•
Ta’minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida xalaqit berishi
mumkin;
•
Ta’minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi.
Bu juda xavfli holat ,ta’minotchi o‘z narxini qo‘yib,xaridor qiziqishlarini
hisobga olmay,istimolchilar tamonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni qo‘llab-
quvvatlamaydi.
Dostları ilə paylaş: