13.5. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va ushbu
ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir.
Raqobatbardoshlik ko‘p darajali shakllarga ega:
•
tovarning raqobatbardoshligi;
•
xodimning raqobatbardoshligi;
•
tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi;
•
tarmoqning raqobatbardoshligi;
•
mamlakatning
raqobatbardoshligi
(yoki
milliy
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi).
Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari o‘rtasida jips ichki va tashqi
o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida
muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish
qobiliyatiga bog‘liq.
Raqobatbardoshlikning mazmuni va mikro va makro darajadagi shakllari
keltirilgan.
Makrodarajadagi
raqobatbardoshlikni
baholashda
mamlakatning
raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori
talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish qobiliyati
sifatida ta’riflash mumkin.
Mamlakatning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi, birinchi galda mamlakatning
jahon bozoridagi mavqeini tavsiflovchi, shuningdek, tovar va tovar ishlab
chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy
ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholashda firmaning raqobatbardoshligini
baholash ko‘zda tutiladi. Iqtisodiyotni globallashtirish davrida uning samaradorligi va
233
ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib
raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda "raqobatbardoshlik" tushunchasining
yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini
belgilab beruvchi asosiy omillar - bu iqtisodchilarning turli xil boshlang‘ich
pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki
butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik - nisbiy tushuncha,
chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa
bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hol tashqi va ichki bozorlarda
raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish
uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator
mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi
hisoblanadi.
O‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni
kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jihozlarni modernizatsiya qilish, yoxud
ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga
oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini
baholash talab etiladi.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar 13.7 - rasmda keltirilgan.
Ularni 3 ta turga ajratish mumkin:
•
funksional xususiyati;
•
firmalararo ta’siri;
•
shakli bo‘yicha mahsulotlarni solishtirish mumkin.
Mahsulot bo‘yicha raqobatning ikkita usuli mavjud bo‘lib, ularga narxli va
narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin.
Mahsulotning raqobatbardoshligi bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning
elastikligi kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat,
savdodan keyingi xizmat, etkazib berish shartlari, iste’mol xarajatlari kiradi.
Tovarning
sifati
uning
raqobatbardoshligini
belgilovchi
asosiy
ko‘rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‘z ichiga ko‘plab elementlarni oladi. Bular
234
birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular
o‘z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‘imi kabi
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.