178
hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil
tovarlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan sifat va miqdorga qarab o‘zgaradi.
Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o‘sishi bosqichidan to‘yinish bosqichiga
harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx
marketingni strategiyasini
amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
To‘yinish bosqichida narxlarni ko‘tarish odatda talabning ko‘payishi emas, balki
ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini ortishi oqibatidir. SHu sababli
mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo‘yiladi yoki tovarlar sotish hajmini
ko‘paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Yo‘qolib ketayotgan mahsulotlarga narx marketingda keyingi rejalarga qarab
ikki muqobil narx belgilash yo‘li qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni
qisqartirish uchun
narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g‘amlamalar sotib
tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo‘lida
qo‘shimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni rag‘batlantirish xarajatlari
qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi.
Raqiblarning bozorni
tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat
bunday vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo‘lgan muayyan bozor segmenti
saqlanib qoladi. Bu esa, mahsulot yashash davrining so‘nggi
bosqichi davrida
bozorda qolgan firmaga o‘z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning
ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog‘ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha
yuqori o‘rnatib, asta - sekin uni tushirib boradi. «Qaymog‘ini olish» siyosatidan
aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir
bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentlash
natijasida asosiy deb
e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni jalb
qilish maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p
miqdorga etkaziladi. Shu sababli yagona yo‘l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish,
yangi segmentlar izlashdir.
179
«Kirib olish» siyosatida narx ketgan sarf xarajatlardan past o‘rnatiladi. Narx past
bo‘lib o‘zining doimiy mijozlarini egallab bo‘lgandan so‘ng, asta-sekin narx
ko‘tarilib boriladi. Doimiy mijozlar narx ko‘tarilsada, o‘sha firmaga bo‘lgan ishonchi
tufayli tark etmaydi.
«Qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatlari narx belgilashning favqulodda
namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Uning birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon
narxlar strategiyasidir.
Dostları ilə paylaş: