202
Reklama materiallari imidjni shakllantirish, eslatish, tanib olish, xabardor qilish
uchun ishlaydi. Ya’ni garchi reklama «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» bo‘lsada, lekin potensial
iste’molchi bilan kommunikativ kanal bilvosita va qaytuvchan aloqasiz bo‘lib
chiqadi.
Chiziq ostida (BTL)
– sotuvni rag‘batlantirish, iste’molchilarni rag‘batlantirish,
savdoni rag‘batlantirishning nozikroq mexanizmlari ishlaydi. Bu erda tovarni
namoyish etish va qayd qilingan oldi-sotdi harakati emas, xaridor-sotuvchi o‘zaro
aloqalari interaktiv kanali va ikkilamchi tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati muhim.
Tovar yoki xizmatning o‘zi emas, balki uning iste’mol tizimiga kiritilganligi
muhim. Aynan iste’molchilar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar hamda iste’mol va
taqsimot yo‘lga qo‘yilgan tizimi biznesning muvaffaqiyatga erishishini belgilab
beradi.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalarining reklama, jamoatchilik
bilan aloqalari, sotuvni rag‘batlantirish, moddiy-texnika ta’minoti, xodimlar bilan
o‘zaro munosabatlarni shakllantirish kabi alohida qismlardan iborat bo‘lgan «butun
bir yaxlitlik»ni tushunishning yangi usuli sifatida etarli darajada umumiy deb
hisoblash mumkin.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari usullarini to‘rtta asosiy
guruhga ajratish mumkin.
1.
Dostları ilə paylaş: