207
Iste’molchilarni rag‘batlantirish ularga sezilarli tijorat imtiyozlari berishni ko‘zda
tutadi:
•
tovarni sotib olish hajmiga va doimiy aloqada bo‘lib turishga beriladigan
imtiyoz;
•
har xil shakldagi qarzlarga tovar sotish;
•
tovarning ko‘p hajmda xarid qilinishini ko‘zlab namunalarni bepul tarqatish;
•
tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;
•
ishlatilgan tovarni ma’lum shartlar bilan qabul qilish;
•
yangi tovarlarni bo‘lajak xaridorlarga ko‘rsatish;
•
tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarda sayoxat uyushtirish;
•
yangi
tovarlarning
bozorga
kiritilishiga
bag‘ishlangan
matbuot
konferensiyalari o‘tkazish;
•
tovar narxini keskin tushirish to‘g‘risidagi radio, televidenie va matbuot orqali
e’lonlar.
Tovarlarga bag‘ishlangan rag‘batlantirish siyosati ularning sotib oluvchi
xaridorlari turiga bog‘liq. Vositachilarni rag‘batlantirish, ularning faolligini va
tashabbuskorligini oshirishga hamda iste’molchilar doirasini kengaytirishga
mo‘ljallanadi. Talabning shakllanishi va sotishni rag‘batlantirish siyosati tovarning
bozordagi hayotiy bosqichlariga muvofiq kelishi bilan har biriga mos mazmun
bag‘ishlashi shart.
Bozorga kirish davrida agar firma birinchi marotaba bozorga kirib borayotgan
bo‘lsa, unda alohida strategiya ishlab chiqiladi. Odatda, quyidagi 4 xil marketing
strategiyasidan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: