203
keng jamoatchilik uchun ham mo‘ljallangan imidj va nufuzni shakllantirish bo‘yicha
tadbirlarni kiritish lozim. Bu ATL va BTL tadbirlari butun doirasidir.
3.
SHaxslararo munosabatlar (aloqalar) o‘rnatish usullari.
Bu usullar tashqi
muhit bilan ham, korxona ichida ham marketing
strategiyasini amalga oshirish,
«ko‘maklashuvchi» shaxslar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish ularga bog‘liq
bo‘lgan ish aloqalari etikasini – o‘ta tartiblilik va «nozik» kommunikativ
texnologiyalar talab qiladigan narsalarni ko‘zda tutadi. Aslida yolg‘izgina o‘z
sohasini yaxshi biladigan «itargich» (amaldorlar doirasidagi lobbichi) oqibatda
qolgan barcha tarkibiy qismlarni (ham moliya, ham moddiy ta’minot) ta’minlagan
holda «nolinchi» loyihaning yagona resursiga aylanishi mumkin. Va aksincha,
ko‘plab ajoyib tarzda (texnologik va moliyaviy jihatdan) jihozlangan korxonalar
korxona egasining shaxsiy xususiyatlari tufayli rivojlanishda to‘xtalib qolishi
mumkin.
4.
Yuridik usullar
– kompaniyalarni qo‘shib
olish va birlashtirish
jarayonlarining faollashuvi (axborot-reklama, tashkiliy-iqtisodiy boshqa jarayonlar
bilan birgalikda kuzatiladigan) ushbu usullarni integratsiyalangan marketing
kommunikatsiyalari qurollari qatoriga kiritish zarurligidan dalolat beradi. IMK
mutaxassisining huquqiy jihatdan savodxonligi ta’lim tizimida ko‘zda tutilgan
bo‘lishi lozim.
Marketing kommunikatsiyalari kompleksini tashkil qilishning bir nechta
asosiy
tamoyillarini
ajratib ko‘rsatish mumkin.
1.
Sinergizm.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillarni muvofiqlashtirish va
barcha elementlarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni integratsiyalangan marketing
kommunikatsiyalari tashkil qilishning asosiy tamoyili deb hisoblash mumkin.
Birgalikdagi kommunikativ harakatlar ularning yig‘indisini chiqarishdan ko‘ra
ko‘proq samara beradi.
Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining bitta elementi– original
distributiv tarmoq tashkil qilish orqali marketing strategiyasini
muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun butun kommunikatsiyalar kompleksi barpo etiladi.
204
2.
Hamkorlik qilish uchun
ochiqlik
, ittifoq tuzishga, marketing dasturlari
byudjetlarini optimallashtirishga tayyorlik. Turli hamkorlar bilan gorizontal
kommunikatsiya biznesni yanada barqaror qiladi, shu sababli hamkorlik qilish uchun
ochiq bo‘lish zarur.
3.
Tezkorlik.
Bu erda gap strategik kommunikatsiyalar uchun ham maxsus
tashabbus ko‘rsatilgan, ham beixtiyor ravishda yuzaga keladigan hodisalar haqida
boradi. To‘g‘ri ifodalangan har qanday axborot hodisa
uchun axborotga oid sabab
bo‘lishi mumkin. Bu hodisa integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari
kompleksini shakllantirish uchun sabab bo‘lishi mumkin. Axborotga oid sabab ichki
axborot oqimlarining istalgan bo‘linmasidan kelib chiqishi mumkin (maxsus
tashabbus ko‘rsatiladigan sabablarni aytib o‘tirmasak ham bo‘laveradi).
4.
Personallashtirish.
Hozirgi
kunda
har
qanday
sotuvlarni
optimallashtiradigan ko‘plab konsepsiyalar ishlab chiqilgan (jumladan, g‘oyalarni
sotish shaklida – muzokaralar jarayoni sifatida). Nima sotilayotgani muhim emas:
g‘oyami, xizmatmi, asbob-uskunami yoki birlamchi zarurat predmetlarimi, lekin
savdo madaniyati, sotuv taktikasi va strategiyasini bilish personalizatsiya
tamoyillarini hisobga olgan holda kommunikatsiyalar
tizimini barpo etishda ham,
mutaxassis tayyorlashda ham ko‘zda tutilishi zarur. Zamonaviy marketing
munosabatlariga xos xususiyat – personalizatsiya, har bir alohida mijoz bilan
personal munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir.
Reklama agentligi - bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat
turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu
ijodiy xodimlar
va tijoratchilardan iborat, mustaqil korxonadir. U o‘z tovari uchun
xaridor qidirayotgan buyurtmachilarga reklama tayyorlaydi va uni reklama
vositalarida joylashtiradi.
Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, ro‘znoma, jurnal),
qaysiki reklama murojaatlarini keng tinglovchilar ommasiga etkazuvchi reklama
mutaxassislaridir. Jurnal, ro‘znomalar, televidenie va radiostansiyalar o‘zlarining
205
noreklama mazmuniga kerakli tinglovchilarni jalb qiladi, reklama beruvchilar esa
ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Boshqa reklama vositalari esa ma’lum darajadagi kishilarni o‘ziga jalb etish
maqsadida reklama murojaatlariga (to‘g‘ri
aloqa reklamasi, maketlar, jamoat
transportidagi turli yozuvlar, savdo binolarini reklama jihatidan bezash) tayanadilar.
Reklama- bu ommani xabardor qilish usulidir. Iste’molchilar bilan yaqin aloqa
o‘rnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi.
Savdo reklamasining o‘ziga xos xususiyati xaridorni chorlash va chiqarishdan
iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo‘lida tovarlarning ayrim
turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish vositasidir.
Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga bo‘lgan talablar kuchayishi va
ko‘pincha yangi talablar qo‘yilishi reklama bilan bog‘liqdir,
chunki savdo xalq
iste’molini qondirish jarayonidir.
Reklama savdo madaniyatini oshirishga ko‘maklashmog‘i lozim. Reklama
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, xaridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va
ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan bo‘ladilar. SHu tariqa tovarni sotish tezlashadi,
savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi.
Savdo reklamasi alohida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi bir tovarlar to‘g‘risida
foydali ma’lumotlar berish, shu tovarlarning xususiyatlari, qimmatli jihatlari, ularni
ishlatish usullarini tushuntirishi kerak.
Dostları ilə paylaş: