Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
2.4–rasm. Xolistik marketing konsepsiyasining tuzilishi
6
 
Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘zaro munosabatlar marketingi – bozorning 
tayanch hamkor kompaniyalari (xaridorlar, ta’minotchilar, distribyutorlar va 
6
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий 
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 
Xolistik marketing konsepsiyasi 
Firmaning 
ichki 
marketingi 
Integrasiyalash 
gan marketing 
Ijtimoiy 
javobgar
O’zaro 
munosabatlar 
marketingi 
Top-
menejment 
Boshqa 
bo’limlar 
Marketing 
bo’limi 
Kommunikat 
siya marketing 
Tovarlar va 
xizmatlar 
Kanallar
Etika
Ekologiya 
Huquq
Jamiyat
Xaridorlar
Kanallar 
Hamkorlar


38 
boshqalar) bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish maqsadidagi 
amaliyot jarayonidir. O‘zaro munosabatlar marketingi hamkorlar bilan tor doiradagi 
iqtisodiy, texnik va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga yo‘naltirilgandir. Bu hamkor 
guruhlari bilan zarur bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Jami 
uchta hamkor guruhi: ishchilar, marketing hamkorlari (taqsimot kanallari, 
ta’minotchilar, dilerlar) va moliyaviy hamjamiyatlar (aksionerlar, investorlar, 
tahlilchilar) mavjud. Bu marketing turida asosiy tamoyil oddiy: bir–biriga qiziquvchi 
tayanch qiziquvchi guruhlarning foydali munosabatlar tizimini yaratish – bu biznes 
muvaffaqiyatini kafolatlaydi. 
Munosabatlar marketingining tarkibiy o‘qini «mijoz bilan o‘zaro munosabatlarni 
boshqarish» (yoki Customer Relationship Management) tushunchasi ifodalaydi. CRM 
– axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing strategiyasi bo‘lib, keng 
ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi hamda kompaniyalarga 
shaxsiy yondoshuvga asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlar yaratish maqsadida 
mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi 
ommaviyligining o‘sishi 1990 yillar oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi 
bilan ta’minlangan. Xolistik marketingda, munosabatlar marketingining maqsadi – 
korxona va mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani ifodalaydigan uzoq muddatli 
munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tahlil, 
mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi hamda 
ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni 
boshqarishga qaratiladi. Keyingi maqsad esa ushbu mijoz uchun tovar va xizmatlarni 
to‘g‘ri tanlashdan iborat. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki 
munosabatlar marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish, 
rivojlantirish va aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni ehtiyojini 
qondirish uchun axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalaniladi.  
Integratsiyalashgan marketingda faol bozor sub’ektining vazifasi – iste’molchilar
uchun to‘liq integratsiyalashgan marketing dasturini tuzish, siljitish va qadriyatlarni 
ko‘rsata bilishni hamda marketing chora–tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. 


39 
Kompaniyalarda talabni boshqarish, resurslarni boshqarish va sherik hamkorlar 
tarmoqlarini boshqarish tizimi integratsiyalashgan bo‘lishi lozim.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan 
ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati 
tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni ta’minlash muhim 
bo‘lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta’minlashga tayyor bo‘lmasa, ularga 
a’lo darajagi xizmat ko‘rsatishni va’da berishning ma’nosi yo‘qdir. Ichki marketingda 
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda 
mijozlarga ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘ladi. 
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy javobgar marketingda 
ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va 
dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing 
amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‘rinda 
marketologlar korxonaning foyda olishini, iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni 
va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib hisoblanadi. 
Ijtimoiy marketing iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida ayirboshlashga ijobiy ta’sir 
etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan notijorat 
harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish 
jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin ijtimoiy-axloqiy marketingi 
mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa uzoq muddatli istiqbolda 
iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat 
bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik marketingi va 
ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi. 
Xulosa sifatida, korxonalar faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash 
quyidagilarga imkon beradi: 
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, korxonalar 
faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi
7

7
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий 
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 76-79 бетлар. 


40 
- firmaning rahbariyati tomonidan marketing tamoyillarini tatbiq etishda 
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda 
mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi; 
- integratsiyalashgan marketingda iste’molchilar uchun marketing dasturi ishlab 
chiqiladi, shuningdek kompaniya ichida va tashqarisida marketologlar hamkorlar bilan 
o‘zaro sherikchilik asosida harakat qilishi zarur bo‘lib hisoblanadi; 
- ijtimoiy marketingda iste’molchilar tovar sotib olishga va foyda olishga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarni o‘z ichiga oluvchi marketing faoliyatini 
rivojlantirishga e’tibor qaratadi; 
- mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketingida tahlil ishonchli mijozlar bilan 
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi. 
Hozirda asosiy o‘zgarishlar mijozlar bilan munosabatlarda kuzatilmoqda. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiy islohotlarini yanada 
chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda marketing innovatsiyalarini tatbiq etish, 
ayniqsa marketingda xolistik marketing konsepsiyalaridan samarali foylanish mijozlar 
uchun o‘zaro manfaatli, foyda hajmini ko‘paytirishga olib keladigan uzoq muddatli 
munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin