5.1-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli
Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma’lumotlar;
korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari;
Tashqi sohani kuzatish
Raqobatbardoshlikka
erishish
Strategiyani
koordinatsiyalash
MARKETING
AXBOROTINI ROLI
Faoliyatni baholash
Boshqaruv qarorlarini
qo‘llab-quvvatlash
94
birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to‘plamlari; sud qarorlari; korxona
ma’lumotlari; e’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aksiya kurslari
jadvallari; axborot-tahliliy byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar
sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lug‘atlar,
ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar.
Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish
imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste’molchilar
munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi;
faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‘lgan ishonchni oshiradi; qaror qabul qilishga
yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi
Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini to‘rtta
quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2)
marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi
tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida
axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi
va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ular haqida quyida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari,
sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar,
ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning
o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi.
Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi.
Joriy yakunlanayotgan kun so‘ngida firma do‘konidagi savdo zalida har bir tovar
guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi
(assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga
o‘xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu erda muhim o‘rinni ushbu
axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi egallaydi.
Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb etadi.
Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda firma
faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
|