Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

2. Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat faoliyatiga 
xos bo‘lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil 
topadi.
Kundalik matbuot (ro‘znoma va maxsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar 
bilan bo‘lgan muloqot natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani 
olish manbai bo‘lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga 
bo‘lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto shu sohaga ixtisoslashadilar. 
Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing 
muhitdagi o‘zgarishlar va holatlar xususida to‘plangan axborot manbai bo‘lib, 
marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‘sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini 
beradi. 
3. Marketing xususida to‘plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror 
qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul 
qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul 
qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo‘lishi 
tabiiydir. 
4. Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‘plangan 
ko‘rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot 
uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‘indisini tashkil etadi. Ushbu quyi tizim 
marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus 
ishlangan, zaruriy ko‘rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‘pgina yirik chet el 
firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida 
mablag‘ sarflanadi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 
1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar 
o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor 
manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori 
kuzatuvlari va h.k.) 
3. Tashkilot mas’uliyati bo‘yicha izlanishlar. 


96 
4. Bozor tahlili. 
5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, 
bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, 
sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.) 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin