Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Kundalik mollari do`konlari kichik savdo rastalari bo`lib, yuqori aylanmaga ega 
bo`lgan mahsulotlarni sotadi. Bir necha yillik to`xtab qolgan savdodan so`ng hozirda 
bu do`konlar o`sish suratini boshdan o`tkazmoqdalar. Ko`pkina kundalik mollari 
do`konlar tarmoqlari o`zlarining avvalgi yosh va sport bilan shig`ullanuvchi o`gil 
bolalar uchun bo`lgan bozorlarini ayol xaridorlarni ham o`ziga jalb qilish uchun 
qaytadan loyihalashtirish orqali kengaytirdi. Ular yuk mashinalari gaz, pivo, sigaret 
yoki hotdog sotib olish uchun to`xtaydiganjoylar haqidagi fikrini chiqarib yuborib, 
uning o`rniga yangi tayyorlangan taomlar, tozaroq, xavfsizroq yuqori sifatliroq 
muhitini taklif qilmoqdalar.
Misol uchun, millatning eng yaxshi kundalik mollari do`konlar tarmog`i deb 
tanilgan Sheetz ni o`ylab ko`ring. ●Kompaniya shiori “Sevgini his et” va uning 
“Umumiy Xaridor Etibori” vazifasi orqali Sheetz “shunchaki do`kon bo`lishdan 


160 
ko`proq hech qanday kelishuvsiz qulaylik” ni taminlashni maqsad qilgan. “Bizni 
farqlovchi narsa bu bizning sizning qoniqishingiz uchun o`zimizni baxsh 
etganimizdir.” 
“Sheetz” kim bo`lishidan qatiy nazar- ko`cha zobidlarimi,qurilish ishchilarimi 
yoki bola yetaklab yurgan onalargami xullas ko`chada ketayotganlarga toza va qulay 
joylardatezkor, do`stona xizmatlarni va sifatli mahsulotlarni taklif qiladi. Kompaniya 
shunday deydi: “Biz o`z xaridorlarimiz haqida judayam qayg`uramiz. ”Agar siz 
avtomobilingizni yoqilg`iga to`ldirmoqchi bo`lsangiz yoki o`zingizni yan tetik his 
qilishni xohlasangiz “Sheetz” siz nima va qachon xohlasangiz muhayyo qiladi. Va biz 
yilning har kunida shu yerdamiz.” “Sheetz” sizdan unchalik ham uzoq joylashmagan 
do`kon. O`rtacha “Sheetz” do`konlarining hajmi deyarli o`rtacha 7 dan ikki barobar 
kattaroq. Do`kon muzlatilgan va isitilgan nonlar, sendvichlar, saladlar, qaynoq 
chipslar, piyoz doirachalari, jo`ja oyoqlari va burgerlar menyusini taklif qiladi va 
bularning barchasi ekranli terminallar orqali buyurma qilinadi. Do`konlar shuningdek 
“Sheetz Bros”ni ham o`z ichiga oladi. “Coffeez” to`liq xizmat ko`rsatuvchi kofe bari 
bo`lib, yaxshi tayyorlangan xizmatchilarni ishga olgan. Muzlatilgan mevalar menyuni 
yanada yaxshilaydi. 
Barcha do`konlar yana, olib ketish uchun mo`ljallangan sendvichlar, blinchiklar 
va shirinliklarni taklif qiladi va bu yo`lda ketayotib ovqatlanuvchilar uchun yanada 
qulaylik yaratadi. Bu taom va “Sheetz”ning barcha boshqa dandirda yopilgan taom 
turlari yangi va har kuni kompaniyaning o`zining oshxonasida, nonvoyxonasida va 
“Sheetz Bros”da tayyorlanadi. To`lovlarni osonroq amalga oshirish borasida Sheetz 
mamlakatdagi birinchibo`lib “MasterCard PayPass” (xaridorlarga kredid kartalari 
orqali to`lovni amalga oshirish imkonini beruvchi) ni tashkil etgan tarmoq hisoblanadi. 
Shuningdek, “Sheetz” manzilgohlarida “ATM” xizmatlarini qo`shimcha to`lovisiz 
qilish maqsadidaSheetz M&T banki bilan hamkorlik tuzdi. Bazi analitiklar aytadiki, 
“Sheetz” kundalik mollari do`konlarni “Walmart”i bo`lishni maqsad qilgan va buni 
osonlik bilan uddalay oladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin