9.1-rasm. Narxni tashkil etish uslublari
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib o‘tamiz: avvalo narxlar ishlab
chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan
ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni
rag‘batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina
emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini
ko‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita
bog‘liq bo‘ladi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab
chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narxni tashkil etish
uslublari
Xarajatlar asosida
Raqobat asosida
mo'ljallangan
Talabga
mo'ljallangan
Kombinasiya-
lashgan
180
9.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
hisoblash uslublari
Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni
iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan
izohlash mumikn. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda
arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham
«narx-miqdor» aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab
shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko‘proq tovar aylanmasi hajmini
ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo‘ljallangan – bular
qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo‘yna va boshqalar.
Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: «narx» xaridori va «sifat» xaridori
bor. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar.
YUqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa, noxush
oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar xaridida ko‘p kuzatiladi.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai
nazaridan narx o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch ko‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab hamda
yakka (unitar) talabga bo‘lish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga etarli darajada
sezgirlik ko‘rsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‘p bo‘lgan, ularning bir mahsulot o‘rnini
ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‘zga tashlanadi. Ko‘pgina qishloq
xo‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. SHunday qilib, narxlardagi
o‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko‘tarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab
chiqaruvchilar xohishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ya’ni bu
chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo‘lmaydi. Ammo
iste’molchilar mahsulotni xayolidagi yagona qat’iy narxda izlaydi. Marketologning
vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish
181
hisoblanadi. Ko‘pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish, tekshirish,
o‘rinbosar tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni o‘rganish yo‘li bilan statistik tahlil
qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab o‘zgarishini
o‘lchashni o‘tkazishga intiladi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki kamayishi bilan
bog‘liq holda o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab doimiy, shartli-doimiy, o‘zgaruvchan
turlarga bo‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab o‘zgarmaydi.
Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk solig‘i
(daromad solig‘i), qo‘shimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi,
unga xom-ashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. SHartli-doimiy xarajatlar
boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan
chiqimlar va boshqalar kiradi.
To‘liq xarajatlar jami doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan tashkil
topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlar ham
hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan (kamaygan) hollarda bir
mahsulot birligiga to‘liq xarajatlarning ko‘payishi (kamayishi)ni ifoda etadi. SHunday
qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, miqdori narx uchun minimal darajani tashkil
etadi, chunki bu xarajatlardan pastroq narx hech qanday foyda bermaydi.
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib chiqiladigan,
zarar ko‘rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday tahlil narxlarni
belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab chiqarish ixtisoslashuvi
sharoitida, o‘zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo‘lgan paytlarda uni
qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar ko‘rmaslikni tahlil etishda asosiy e’tibor mahsulot
sotish hajmi nuqtasiga, to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng bo‘lgan, ya’ni na foyda
na zarar bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi.
Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ngra har bir narx
uchun zaruriy hajmlar kiyoslanadi.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‘lib xizmat qiladi. Asosan narxni
o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish raqobatning narx bilan bog‘liq
182
usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z
mahsulotining o‘ziga xos hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati,
reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1.Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan narxlar,
bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo‘naltirilgan narx);
2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import
tovarlari,raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
- narxlashtirish masalasi qo‘yiladi,
- talabi aniqlanadi,
- xarajatlari baholanadi,
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi.
Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar
narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin (9.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |