Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

9.2-rasm. Narx belgilash usullari 
Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud: 
1. Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yo‘naltirilganligini namoyon etib, sarf – 
Narx 
belgilash 
usullari
Sarf 
xarajatlar
Raqobatchilar
Marketing


183 
xarajatlar asosida narx belgilash. 
2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash. 
3. Marketingga yo‘naltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda 
iste’molchi uchun qimmatli bo‘lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga 
olinib narx belgilanadi. 
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud: 
1. Tannarx asosida narx belgilash 
2. To‘la xarajatlar asosida narx belgilash 
Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg‘i, energiyaga ketadigan xarajatlar
amortizatsiya, sug‘urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab 
chiqiladi.) 
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan 
foydalanadi. Formulalarga ko‘ra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi 
navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi. 
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning 
tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy 
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda 
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada 
iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan 
ustama narxlar yakunini ifodalaydi. 
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini 
qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim 
foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga 
asoslanadi. 
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma 
mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida 
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga 
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida 
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf 
keltirishi mumkin. 


184 
Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga 
qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin