185
turiga qarab yo erkin narxlar qo‘yiladi yoki tovarlar sotish hajmini ko‘paytirish uchun
narxlar pasaytiriladi.
Yo‘qolib ketayotgan mahsulotlarga narx marketingda keyingi rejalarga qarab ikki
muqobil narx belgilash yo‘li qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun
narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi jami g‘amlamalar
sotib
tugatilgunga qadar amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo‘lida
qo‘shimcha xarajatlar, xususan mahsulot sotishni rag‘batlantirish xarajatlari
qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi.
Raqiblarning bozorni
tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti manbalari qisqaradi va aksariyat bunday
vaziyatda shu mahsulotga hali muhtoj bo‘lgan muayyan bozor segmenti saqlanib
qoladi. Bu esa, mahsulot yashash davrining so‘nggi bosqichi davrida bozorda qolgan
firmaga o‘z narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita
asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatidir.
«Qaymog‘ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha
yuqori o‘rnatib, asta - sekin uni tushirib boradi. «Qaymog‘ini olish» siyosatidan
aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir
bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentlash natijasida asosiy deb e’tirof
etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni
jalb qilish
maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p miqdorga
etkaziladi. Shu sababli yagona yo‘l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi
segmentlar izlashdir.
«Kirib olish» siyosatida narx ketgan sarf xarajatlardan past o‘rnatiladi. Narx past
bo‘lib o‘zining doimiy mijozlarini egallab bo‘lgandan so‘ng, asta-sekin narx ko‘tarilib
boriladi. Doimiy mijozlar narx ko‘tarilsada, o‘sha firmaga bo‘lgan ishonchi tufayli tark
etmaydi.
«Qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatlari narx
belgilashning favqulodda
namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Uning birinchisi – qimmat narxlar, ikkinchisi – arzon
narxlar strategiyasidir.
Dostları ilə paylaş: