Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Chakana savdo nima? 
2. Chakana savdo do`konlarining asosiy turlari nimalardan iborat? 
3. Chegirma do`konlari haqida nimalarni bilasiz? 
4. Korporativ tarmoqlar deganda nimani tushunasiz? 
5. Sotuv tashkilotlarining asosiy turlarini asoslang? 
6. Ulgurji savdo nima? 
7. Ulgurji sotuvchilarning asosiy turlarini sanab o’ting? 
8. To’liq-xizmat qiluvchi ulgurji sotuvchilar deganda nimani tushunasiz? 
9. Super do`konlar deganda nimani tushunasiz? 
10. Maxsus do`konlar nima? 
 
 
 


177 
9-BOB. NARX SIYOSATI 
 
9.1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari 
Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi 
ifodasi, qiymatining bozordagi ko‘rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor 
holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘likkan bo‘ladi, 
tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan 
yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning 
funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, 
xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: 
1. bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi; 
2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi; 
3. iqtisodiy regulyator funksiyasi; 
4. raqobat vositasi funksiyasi
5. ijtimoiy himoya funksiyasi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx, 
nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin narx, 
standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o‘zgaruvchan narx, limit narx, 
muvozanat narx. 
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – 
tadbirlari yig‘indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini, 
shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar 
va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir. 
Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora – tadbirlaridir. 
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) va 
bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir: 
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish; 
- joriy foydani maksimallashtirish; 


178 
- bozor ulushi bo‘yicha liderlik; 
- tovar sifati bo‘yicha liderlik. 
Narxlar tovarni yangilik ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
1. “Qaymog‘ini olish” strategiyasi 
2. Bozorga yorib kirish 
3. “Psixologik” 
narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish 
psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq) 
4. Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga nisbatan 
narx o‘rnatiladi. 
5. Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari 
6. Tebranib turuvchi narx 
7. Uzoq muddatli narx 
8. Egiluvchan narx 
9. Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‘yadigan narx. 
10. Kelishilgan narx 
11. Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx. 
Oxirgi narxga quyidagi omillar ta’sir etadi: 
1. Tovar iste’molchilari 
2. Davlat tomonidan tartibga solish 
3. Tovar harakati kanallari qatnashchilari 
4. Raqobat.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. 
Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi 
iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Narx darajasiga tovarning 
raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni bog‘liqdir. 
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p 
foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir 
qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning 
potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab 


179 
chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, 
almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin